Ball → OTM matcher
DTM balingizni kiriting — grant va kontrakt o'tish ballariga mos universitet va yo'nalishlar chiqadi: xavfsiz (bal yetadi), real (chegaraga yaqin), orzu (bir oz yuqori). Manba: 2025/2026 o'tish ballari, 138 universitet, 5600+ yo'nalish.
0–30 tadan. Aynan balingizni bilmaysizmi? 189-ball kalkulyatorda hisoblang — sertifikat darajangiz ham hisobga olinadi.
Yuklanmoqda…
Ball qanday taqsimlanadi?
1-fan 30 ta test × 3,1 = 93 ball, 2-fan × 2,1 = 63, majburiy fanlar × 1,1 = 33 — jami 189. 2026/2027 qabulida grant bo'yicha o'rtacha ball 134,6, kontrakt bo'yicha 93,7 bo'lgan. Har yo'nalishning o'tish balli yiliga o'zgaradi — bu matcher o'tgan yil (2025/2026) ballariga qarab tahminiy moslashtiradi.
Batafsil: barcha universitet o'tish ballari · kalkulyator · 122 OTM katalogi
Tayyormisiz? DTM simulyatsiya - 90 savol, 180 daqiqa, real DTM formatida blok-test mashqi.
Ko'p so'raladigan savollar
Grant o'tish balli qanday hisoblanadi?
Har yo'nalish uchun o'tgan yil (2025/2026) qabulida grantga kirgan oxirgi nomzodning balli asos bo'ladi. Matcher sizning balingizni shu ball bilan solishtiradi: bal asosdan 15+ yuqori bo'lsa — xavfsiz, ±7,5 ichida bo'lsa — real, pastda qolsa — orzu guruhiga tushadi.
Ballim yetmasa ham matcher foydali mi?
Ha. «Orzu» guruhida balingizga eng yaqin yo'nalishlar chiqadi — qaysi fanlarni kuchaytirish kerakligini aniq ko'rasiz. Hudud filtri bilan o'z viloyatingizdagi variantlarni ham ko'rasiz.
Qaysi yil ballaridan foydalaniladi?
2025/2026 qabulining rasmiy o'tish ballari (138 OTM, 5600+ yo'nalish). Har yili ballar o'zgaradi, shuning uchun natija tahminiy hisoblanadi.
Nechta yo'nalish ko'rsatiladi?
Har guruhdan eng mos TOP-5 ko'rsatiladi. Statik satrda jami mos yo'nalishlar soni (xavfsiz/real/orzu) yozilgan.
Yangilangan: 2026-10-09