Chet tili imtihoni 2026 — sentabr oyi sanalari

Sentabr sessiyasiga ro'yxatdan o'tish 29-avgustda yakunlandi. Keyingi imkoniyat — oktabr (ro'yxat 11–25-sentabr). Sana, to'lov va ro'yxatdan o'tish tartibi bir joyda.

Sentabr 2026 sessiyasi

Ro'yxatdan o'tish15 – 29-avgust (yopildi) (my.gov.uz)
To'lov muddati30-avgust (yopildi)
Imtihon kunlari13 – 15-sentabr
TillarIngliz, arab, turk, nemis (elektron), fransuz (elektron)

Ro'yxatdan o'tish 15–29-avgustda yakunlandi. Hudud bo'yicha o'rinlar limitlangan — erta ro'yxatdan o'tish tavsiya etiladi.

Avgust–dekabr: barcha sessiyalar

OyRo'yxatdan o'tishTo'lovImtihon
Yangi: sentabr15–29-avgust30-avgust13–15-sentabr
Oktabr11–25-sentabr26-sentabr10–12-oktabr
Noyabr10–24-oktabr25-oktabr8–10-noyabr
Dekabr13–27-noyabr28-noyabr12–14-dekabr

Tillar oyiga qarab farq qiladi: oktabrda +koreys, noyabrda +ispan, xitoy, urdu, italyan, fors; dekabrda +yapon, uyg'ur, dariy, pushtu, hindiy. Barchasi multilevel formatda. Sanalar agentlik e'loni asosida — o'zgarishi mumkin.

To'lov qancha?

Ingliz tili sertifikati — qachon, qanday olinadi (batafsil sahifa)

1-sentabrgacha ro'yxatdan o'tganlar uchun556 200 so'm
1-sentabrdan keyin594 000 so'm

To'lov = bir yarim BHMning 90%. 2026-yil 2-yarim yillikda chet tili imtihonlari uchun qo'llaniladigan miqdor.

Yangilangan: 2026-08-31 · Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi e'lonlari (avgust-dekabr 2026 jadvali)

Ro'yxatdan o'tish — qadam baqadam

  1. my.gov.uz saytida ID.gov.uz orqali kiring (ESIINV yoki OneID).
  2. "Chet tilini bilish darajasini aniqlash" xizmatini tanlang (xizmat №559).
  3. Til (ingliz/arab/turk...), imtihon kuni va hududni tanlang. 3,5×4,5 sm fotosurat kerak.
  4. Arizani yuboring — to'lov haqida hisob-faktura shu yerda shakllanadi.
  5. Muddat ichida to'lovni amalga oshiring (bank ilovasi orqali ham bo'ladi).
  6. Imtihon 1–2 kun oldin "ruxsatnoma" (chaqiruvnoma) chiqadi — my.gov.uz shaxsiy kabinetida ko'rasiz. Uni chop etib borish kerak.

Eslatma: bitta oyda faqat bitta chet tilidan test topshirish mumkin. O'zingiz tanlagan kunni keyin o'zgartirish imkoniyati cheklangan — kunni tanlashda ehtiyot bo'ling.

Imtihon qanday bo'ladi?

Natijalar qachon chiqadi?

Imtihon yakunlanganidan keyin 1 hafta ichida rasmiy saytda e'lon qilinadi. Sertifikat QR-kod bilan my.gov.uz orqali yuboriladi (bir ish kuni ichida). Sertifikat 2 yil amal qiladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Umumta'lim fanlari (matematika, biologiya...) taqvimi: taqvim → · Darajalar va DTM imtiyozlari: ballar →

Foydali sahifalar: fan testlar ingliz tili test dtm simulyatsiya milliy sertifikat kitobi matematika sertifikat ielts natijalar milliy sertifikat ballari ona tili testlar milliy sertifikat kitoblari ona tili esse milliy sertifikat baholash tizimi ingliz tili sertifikat sertifikat savollari rossiya chet tili sentabr
· Reyting: kunlik 5 savol