Tarix fanidan milliy sertifikat 2026

Кириллча → | Русская версия →

Sanalar, ro'yxatdan o'tish, to'lov, test tuzilishi va ball kalkulyatori — bitta sahifada. Ro'yxatdan o'tish shart emas.

—

Keyingi imtihon: 27-oktabr 2026

BosqichSana
Ro'yxatdan o'tish (my.gov.uz)18-sentabr – 2-oktabr
To'lov muddati3-oktabrgacha
Test sinovi27-oktabr

Keyingi (oxirgi) sessiya: ro'yxat 20-noyabr – 4-dekabr, to'lov 5-dekabrgacha, imtihon 29-dekabr. Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligining 2026-yil 2-yarim yillik rasmiy grafigi (gov.uz/uzbmb, 26.08.2026). Hudud bo'yicha o'rin limiti to'lganda ro'yxatdan o'tish ertaroq yopilishi mumkin (646-son qaror).

Ro'yxat 18-sentabrda ochiladi — eslatib qo'yamiz

Milliy sertifikat (tarix) uchun ariza 18-sentabr – 2-oktabrda my.gov.uz orqali qabul qilinadi, to'lov — 3-oktabrgacha, test sinovi — 27-oktabr.

Ro'yxat ochilishi va sana o'zgarishlari haqida xabar beramiz: Telegram kanalga obuna bo'lish

Kalkulyator: sertifikat ballim tarix fani bo'yicha nima beradi?

Sertifikat ballingizni kiriting (Rash shkalasi, 0–75):

—
Ball kiriting

Test tuzilishi: 45 topshiriq, 90 daqiqa, 100 ball

Bo'limTopshiriqTurXom ball
Siyosiy tarix2920 yopiq + 9 ochiq70,2
Ijtimoiy-iqtisodiy tarix76 yopiq + 1 ochiq12,7
Moslashtirish (matching)3yopiq (Y-2)6,6
Mamlakatlar madaniyati6yopiq10,5
Jami4536 yopiq + 9 ochiq100

Manba: agentlikning «Tarix fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi» hujjati (uzbmb.uz) hamda 646-son qaror (lex.uz).

Tarix testini ishlash — namunaviy savollar → 10 savol, javoblari va yechimlari bilan

Sertifikat DTM'da nima beradi?

Darajalar va proporsional formula to'liq: milliy sertifikat ballari →

Ro'yxatdan o'tish: 4 qadam

  1. my.gov.uz ga OneID orqali kiring, «Milliy sertifikat» xizmatini toping (xizmat №891) — bevosita havola.
  2. Fan = Tarix, qulay hudud va test tilini tanlang. Hudud limiti to'lsa o'sha hudud yopiladi.
  3. To'lov: BHMning 90% — 1-sentabrgacha 556 200 so'm, 1-sentabrdan 594 000 so'm. Invoys bo'yicha PayMe/Click/bank orqali.
  4. Imtihon kuni shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan keling. Natijalar my.gov.uz va uzbmb.uz'da e'lon qilinadi.

Apellyatsiya: natija e'lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida my.gov.uz orqali (xizmat №1003), ko'rib chiqish 2 hafta. Takroriy apellyatsiya yo'q (646-son qaror, 20–25-bandlar). To'liq tartib: apellyatsiya bo'yicha yo'riqnoma.

Kimlar topshiradi va nimaga kerak?

Tayyorgarlik kitoblari haqida: milliy sertifikat kitoblari — qaysi kitoblar bor, narxlari, pdf masalasi →

Ko'p so'raladigan savollar

Yangilangan: 2026-09-15 · Manbalar: uzbmb.uz (2-yarim yillik grafik, Tarix spetsifikatsiyasi), lex.uz (646-son qaror), my.gov.uz

Ballaringiz tayyormi? Ball-matcher - balingizga mos OTM va yo'nalishlar: TOP-5 xavfsiz, real, orzu (138 OTM, 5600+ yo'nalish).

· Reyting: kunlik 5 savol