| Turi | Universitet |
|---|---|
| Hudud | Buxoro viloyati |
| Kontrakt to'lovi | 16 – 17,9 mln so'm/yil |
| Yo'nalishlar | 12 ta |
| Grant | ma'lumot yo'q |
| Hujjat muddati | 2026-08-30 |
Xalqaro diplom va imkoniyatlar
Acharya University bitiruvchilari o‘qishni tamomlagach ikki xil diplomga ega bo‘ladilar: O‘zbekiston hamda Hindiston diplomlari. Bu esa bitiruvchilarga nafaqat O‘zbekistonda, balki 75 dan ortiq davlatda o‘z diplomidan foydalanish imkonini beradi. Universitet bitiruvchilari O‘zbekistondagi istalgan oliy ta'lim muassasasida magistratura bosqichini davom ettirishlari yoki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritishlari mumkin.IBM va Google xalqaro sertifikatlari
Universitetning muhim ustunliklaridan biri — talabalarga 4 yil davomida IBM va Google xalqaro sertifikatlarini olish imkoniyati yaratilganidir. Mashg‘ulotlarning ayrim qismini ushbu kompaniyalar mutaxassislari olib boradi, kurs yakunida esa xalqaro imtihon topshiriladi. Hozirgi kunga qadar talabalarning qariyb 90 foizi ushbu sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritgan.Kuchli amaliy ta'lim
Acharya Universityda ta'limning qariyb 70 foizi amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Talabalar zamonaviy laboratoriyalar, ERP tizimi va LMS platformasi orqali bilim oladilar. Universitetda HEMIS tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, barcha o‘quv jarayonlari raqamlashtirilgan.Talabalar quyidagi kompaniyalar bilan hamkorlikda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega:Xalqaro almashinuv dasturlari
Acharya University talabalari o‘qish davomida xorijda tajriba orttirish imkoniyatiga ega.Ish bilan ta'minlash
Universitet bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi. Talabalar 3-kursdan boshlab o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Bugungi kunda:Qabul tartibi
Universitetga hujjatlar onlayn tarzda topshirilishi mumkin. Qabul jarayonida onlayn va oflayn imtihonlar mavjud.Kontrakt va stipendiyalar
Yillik kontrakt miqdori 4 qismga bo‘lib amalga oshirish mumkin.Universitetda:Talabalar uchun qulay sharoitlar
Universitet kampusiga yaqin joyda yotoqxona faoliyat yuritadi.Nima uchun aynan Acharya University?
Acharya University quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun fan testlarimiz bir martada bepul: javoblar va tushuntirishlar bilan.
Matematika testiBarcha fan testlariSertifikat ballari kalkulyatoriManba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.