Farg‘ona davlat universiteti

Farg'ona viloyati · Universitet
TuriUniversitet
HududFarg'ona viloyati
Kontrakt to'lovi12,6 – 15,3 mln so'm/yil
Yo'nalishlar92 ta
Grantma'lumot yo'q
Hujjat muddati2026-06-25

Universitet haqida

Universitet haqida :

Farg‘ona davlat universiteti 1930-yilda Farg‘ona davlat pedagogika instituti sifatda tashkil qilingan. Farg‘ona davlat pedagogika instituti nafaqat Farg‘ona vodiysi, balki O‘zbekistonning eng yirik va nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan. 1991-yil 1-martda Farg‘ona shahrida Pedagogika instituti negizida yangi oliy o‘quv yurti – universitet tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, mustaqillik e’lon qilinishi arafasida vodiyda birinchi, Respublikada esa to‘rtinchi universitet – Farg‘ona davlat universiteti tashkil etildi. Hozirda universitetda 13 ta fakultet, 48 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, 60 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 34 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Jami professor-o‘qituvchilar soni 997 nafar, 61 nafar fan doktori, 294 nafar fan nomzodi (PhD), dotsentlar bo‘lib, ilmiy salohiyat 36% ni tashkil etadi. Talabalar soni jami 31840 nafar, shundan 37 nafari xorijiy talabalardir. Magistrantlar soni esa 1538 nafarni tashkil etadi. So‘nggi 2 yil davomida 5 ta kafedra, 7 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 4 ta magistratura mutaxassisligi yangi tashkil etilgan. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy g‘arbiy universiteti va Loyang shahri Arxeologik tadqiqot universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma kafedra (Arxeologiya O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma kafedrasi) faoliyatini yo‘lga qo‘yilmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022, 2023 yillarda 61 ta darsliklar, 117 ta o‘quv qo‘llanmalar, 224 ta o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, 300 ta monografiyalar chop etilgan va 157 ta mualliflik guvohnomasi hamda 4 ta ixtiro uchun patentlar qo‘lga kiritilgan. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan grantlarda 89 ta loyihalar yutib olingan. 2022 yilda 28 nafar professor-o‘qituvchi va 6 nafar talaba Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.


Universitetga qabul qilinish talablari :

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.


Grantlar :

Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Universitetga xorijiy fuqarolarni qabul qilish talablari :

Farg‘ona davlat universiteti xorjiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan suhbat asosida qabul qiladi. O‘qishga topshrish uchun kerakli hujjatlar:

- Pasport

 - Oxirgi tamomlagan ta'lim muassasining hujjati (diplom yoki attestat)

 - 3:4 rasm mavjud bo'lsa

 - Yashash guvohnomasi



Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Universitet yotoqxonasi :

Hozirgi kunda Farg‘ona davlat universitetida 6-ta talabalar turar joyi mavjud. Shulardan 4-TTJ hozirgi vaqtda ta’mirdan chiqarilmoqda. Shuningdek, 5 ta talabalar turar joylarida 1206 o‘rin bo‘lib, bular quyidagicha taqsimot qilingan: 1-TTJ -251ta, 2-TTJ 216 ta, 3-TTJ – 201 ta, 5-TTJ- 256 ta, 6-TTJ – 273 ta o‘rinlar mavjud. 2017 yil 20-noyabr holatiga 1206 nafar talabalarga yashash uchun talabalar turar joylariga yo‘llanmalar berildi va ular bilan ikki yoqlama shartnomalar tuzildi va to‘lovlar amalga oshirildi. Talabalar turar joylari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida talabalar turar joylari o‘rtasida reyting tizimi joriy etildi. Ushbu reyting tizimiga ko‘ra Talabalar turar joyi mudiri, tarbiyachi-pedagoglar hamda Talabalar Kengashining faoliyati baholandi. Reyting tizimiga ko‘ra sentyabr oyida berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha 2-TTJ g‘olib deb topildi va mahsus statuetka bilan taqdirlandi. Talabalar turar joylarida professor-o‘qituvchilarni navbatchiligini nazorat qilish va ularni navbatchilik vaqtidagi faoliyatini baholash bo‘yicha haftalik reyting tizimi joriy qilindi. Unga ko‘ra navbatchi o‘qituvchini o‘z vaqtida talabalar turar joyiga kelishi yoki kelmasligi bo‘yicha fakultet, kafedralar miqyosida haftalik monitoring qilinadi va reyting ballari qo‘yiladi.


Xalqaro hamkorlik :

Universitet reytingini oshirish maqsadida xalqaro reytingi yuqori bo‘lgan muassasalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Xususan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari forum ishida Farg'ona davlat universiteti hamda ushbu hamkor mamlakatning nufuzli oliygohlari o'rtasida bir qator kelishuvlar imzolandi. O’z faoliyatini innovatsion yondoshuvlar asosida isloh etayotgan Farg’ona davlat universiteti ham xalqaro tizimda ko’plab yangiliklarni joriy qilmoqda. Xususan, bugun Farg’ona davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida Xalqaro hamkorlik va turizm markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov markaz ish jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, jahonda yuqori nufuzga ega bo’lgan QS (Quacquarelli Symonds) va Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education” xalqaro reytinglaridagi Farg’ona davlat universiteti ko’rsatkichlari bilan qiziqdi. Endilikda bu yangi markaz oliygoh va xalqaro maydonda yuqori nufuzga ega bo’lgan universitetlar hamkorligini ta’minlash, oliy ta’limga eng samarali xorijiy ta’lim xizmatlarini tatbiq etish, viloyatda turizm salohiyati va jozibadorligini oshirishda amaliy va nazariy jihatdan ko’maklashish, xalqaro akademik almashinuvlarni amalga oshirish kabi yo’nalishlarda muhim vazifalarni bajaradi.



UniversitETga kirishga tayyorlaning

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun fan testlarimiz bir martada bepul: javoblar va tushuntirishlar bilan.

Matematika testiBarcha fan testlariSertifikat ballari kalkulyatori

Boshqa universitetlar

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.