5ball
Guliston davlat pedagogika instituti
Foto: Guliston davlat pedagogika instituti · CC0

Guliston davlat pedagogika instituti

Kontrakt to'lovi6,4 – 9,1mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni19
Eng past kontrakt bali56.8/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha166.7157.9
Oʻzbek tili va adabiyotiKunduzgi · O‘zbekcha147119.6
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · Ruscha136140.9
Jismoniy madaniyatKunduzgi · O‘zbekcha134.6141.6
BiologiyaKunduzgi · O‘zbekcha129126.9
Boshlangʻich taʼlimKunduzgi · O‘zbekcha118.1113.2
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimiKunduzgi · O‘zbekcha95.272.8
TarixKunduzgi · O‘zbekcha83.996.2
Maktabgacha taʼlimKunduzgi · O‘zbekcha81.189.6
Musiqa taʼlimiKunduzgi · O‘zbekcha81105.3
PedagogikaKunduzgi · O‘zbekcha80.973.5
MatematikaKunduzgi · O‘zbekcha78.772.5
Amaliy matematikaKunduzgi · O‘zbekcha77.877.9
Boshlangʻich taʼlimKunduzgi · Ruscha73.975.7
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasiKunduzgi · O‘zbekcha72.698.4

Universitet haqida

Oʻzbekiston Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Sirdaryo pedagogika instituti (1966-yil asos solingan) negizida Guliston shahrida tashkil etilgan. 1966-yil 17 iyulda Gʻafur Gʻulom nomi berilgan. Universitetda filologiya, fizika-matematika, tarix, pedagokiga, tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qoʻshimcha taʼlim fakultetlari, 23 kafedra, 19 ilmiy va oʻquv laboratoriya, ustaxona, gerbariy, botanika bogʻi, zoologiya, tarix va adabiyot muzeylari, maʼnaviyat xonasi, sport maydoni va zali, til oʻrganish markazi, biznes maktabi, kutubxona (330 mingdan ortiq asar saqlanadi), Xoʻjamushkent oʻquv dala amaliyotlari bazasi, Navbahor oʻquv tajriba uchastkasi mavjud (2001). Universitet qoshida 2 akademik litsey va malaka oshirish instituti, bosmaxona ham bor. Gazeta va jurnallar nashr etadi. Instituternet asosida 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning ilmiy markaz va oʻquv yurtlari bilan aloqa qiladi. Universitet 20 ixtisoslik (oʻzbek filologiyasi, rus filologiyasi, ingliz tili va adabiyoti, qozoq filologiyasi, tarix, davlat huquqi, matematika, amaliy matematika va informatika, fizika, kimyo, biologiya, ekologiya, pedagokiga va boshlangʻich taʼlim uslubi, chizmachilik va tasviriy sanʼat, umumiy texnika va mehnat, qishloq xoʻjaligini mexanizaiyalashtirish, jismoniy madaniyat, iqtisod, agrokimyo va tuproqshunoslik, buxgalteriya hisobi va audit) boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1993-yildan aspirantura faoliyat koʻrsatadi. Universitetda 7 yoʻnalish boʻyicha aspirant, 5 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2001/2002 oʻquv yili universitetda 2664 talaba taʼlim oldi, 200 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan 10 fan doktori va professor, 100 dan ortiq fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitet faoliyati A. Parpiyev, A. Kattabekov, U. Oʻljaboyev, A. Quljonov, H. Qarshiboyev, Sh. Niyozov, F. Samadov, R. Mahmudov, V. Rahmonov, A. Pozilov, B. Toʻychiboyev, I. Axmetov, O. Ayupov, N. Mamadiyorov kabi professor-oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitet SOROS, Adenauer, "Ustoz", "Umid", Aksele, Tasis kabi xalqaro jamgʻarmalar bilan hamkorlik qiladi. Universitetda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. 2002-yilgacha universitet 19934 mutaxassis tayyorladi.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (3)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.