5ball

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti

Kontrakt to'lovi45,8mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni11
Hujjat topshirish muddati30-sentabr2026

Universitet haqida

O‘zbekistonni jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish uchun o‘zida ilg‘or muhandislik bilimlari mavjud bo‘lgan, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega, innovatsion texnologiyalarni yaratish va joriy etish ko‘nikmalarini egallagan malakali yangi mutaxassislar tayyorlash zarurati mavjud. Ushbu murakkab vazifani bajarish uchun asosiy shart – bu yangi texnik ta’lim standartlari asosida muhandis kadrlarini tayyorlashning amaldagi tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iboratdir. Saralangan o‘qituvchilar jamoasi Universitetning pedagog kadrlari jamoasini Amerika, Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Janubiy Afrika Respublikasi yetakchi ta’lim va ilmiy-texnik markazlarida faoliyat olib boruvchi xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassislar va trenerlar tashkil qiladi. Jahon standartlari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston va xorijdagi kasbiy karyerasida muhim o‘rin egallovchi “Double degree” va Double diploma” turidagi nufuzli diplomlarni qo‘lga kiritish. Yuqorida zikr etilganlarning barchasi xorijiy tilda ravon so‘zlasha oluvchi, zamonaviy va ilg‘or xorijiy bilim va dunyoqarashga ega yuqori malakali bakalavrlar, magistrlar va doktorantlarni tayyorlash uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi.

Batafsil o'qish

Samarqand xalqaro texnologiya universitetining asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligidagi eng muhim iqtisodiy va ilmiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashdir. Universitetning barcha xodimlari va talabalariga o‘z funksional majburiyatlarini bajarishlari uchun talab qilinadigan yuksak qadriyatlar – bular: Or-nomus, Hurfikrlilik va Gumanizm.

Ko'p beriladigan savollar

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 45,8 mln so'm/yil (Samarqand viloyati). Universitetda 11 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti: qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti: grant bor-mi?

Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (15)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.