5ball

SHARQ UNIVERSITETI

UniversitetNavoiy viloyati
Kontrakt to'lovi15 – 18mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni12
Grantajratmalar bor
Hujjat topshirish muddati30-sentabr2026

Universitet haqida

Sharqdan boshlangan ilm, global imkoniyatlarga yo‘l ochadi!

SHARQ UNIVERSITETI — zamonaviy ta’lim, innovatsiya va qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda, milliy va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishni maqsad qilgan xususiy oliy ta’lim muassasasi. Universitet 2025 yil 25 fevralda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 636162-sonli davlat litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi.

Batafsil o'qish

🎯 MAQSADIMIZ

Ilm-fan, ta’lim va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan holda, milliy va xalqaro talablariga javob beradigan, yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash.

📌 STRATEGIYAMIZ

Zamonaviy ta’lim orqali xalqaro andozalarga mos, kuchli raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirish va TOP universitetlar qatoriga kirish.

📚 TA’LIM MUHITI

Talabalar uchun zamonaviy auditoriyalar, kutubxonalar, elektron resurslar, kompyuter xonalari va interaktiv o‘quv muhiti mavjud. SHARQ UNIVERSITETI bilim, tafakkur va ijodkorlikda yetakchi bo‘lgan xalqaro darajadagi bitiruvchilarni tayyorlashga intiladi.

👨‍🏫 O‘ziga xos o‘qitish uslubi

Yetakchi mahalliy hamda xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida zamonaviy va amaliy o‘qitish uslublariga asoslangan ta’lim tizimi. Talabalar o‘qishning dastlabki bosqichidanoq ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladilar.

🌐 Xalqaro hamkorlik

Talaba va o‘qituvchi almashinuvi dasturlari Turkiya, Ozarbayjon, Indoneziya, Italiya va Shimoliy Kipr davlatlaridagi yetakchi universitetlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xususan:

Karabuk universiteti (Turkiya)

Istanbul Tijorat universiteti

Anqara Yildirim Boyazit universiteti

Okan universiteti (Turkiya)

Xazar universiteti (Ozarbayjon)

va boshqalar bilan 2+2 ta’lim dasturlari joriy qilinmoqda.

🧭 Shiorimiz:

“Zamonaviy ta’lim, imkoniyat va qadriyatlar uyg‘unligi”

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (4)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.