5ball

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari)

Kontrakt to'lovi16,8mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni8
Eng past kontrakt bali56.7/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
IqtisodiyotKunduzgi · O‘zbekcha142.6130.4
Bank ishiKunduzgi · O‘zbekcha124.2118.7
Moliya va moliyaviy texnologiyalarKunduzgi · O‘zbekcha123.8110.2
Biznesni boshqarishKunduzgi · O‘zbekcha117.5101.5
Buxgalteriya hisobiKunduzgi · O‘zbekcha117.5115.7
IqtisodiyotKunduzgi · Ruscha111.6115.6
Soliqlar va soliqqa tortishKunduzgi · O‘zbekcha110.3107.2
MarketingKunduzgi · O‘zbekcha109.280
MenejmentKunduzgi · O‘zbekcha91.5—
StatistikaKunduzgi · O‘zbekcha85.896.1
Axborot tizimlari va texnologiyalariKunduzgi · O‘zbekcha72.166.5
IqtisodiyotMasofaviy · O‘zbekcha68.1—
Bank ishiMasofaviy · O‘zbekcha59—
Moliya va moliyaviy texnologiyalarMasofaviy · O‘zbekcha57.8—
MenejmentMasofaviy · O‘zbekcha56.8—
Buxgalteriya hisobiMasofaviy · O‘zbekcha56.7—
MarketingMasofaviy · O‘zbekcha56.7—
Soliqlar va soliqqa tortishMasofaviy · O‘zbekcha56.7—

Universitet haqida

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali qo'shma ta'lim dasturlari haqida ma'lumot

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali (TDIUSF) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 maydagi 438-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda Germaniya, Latviya, Chexiya va Malayziya davlatlarining yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik o’rnatib, malakali kadrlar tayyorlash - Filialimizning asosiy vazifalaridandir.

Batafsil o'qish

Shu asosda Germaniya, Latviya, Chexiya va Malayziya davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo’shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan bo’lib, hozirda «Iqtisodiyot», «Axborot tizimlari va texnologiyalari» va «Raqamli iqtisodiyot» singari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha jami 80 nafar talaba tahsil olishmoqda.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish boʻyicha “Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish” boʻlimi tashkil etilib, filial strukturasiga kiritilgan. 2019-yildan boshlab, Germaniyaning Vaynshtefan-Triyezdorf amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda “Iqtisodiyot (Oziq-ovqat tizimlarini boshqarish)” taʼlim yoʻnalishi, 2020-yildan boshlab Latviya hayotiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan “Axborot tizimlari va texnologiyalari (Raqamli boshqaruv va barqaror rivojlanish)” va “Iqtisodiyot (Barqaror iqtisodiyot va hududiy rivojlanish)” taʼlim yoʻnalishi hamda 2021-yildan boshlab Malayziyaning Linkoln universitet kolleji bilan “Raqamli iqtisodiyot (Biznes boshqaruv)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.

Ko'p beriladigan savollar

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari): kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 16,8 mln so'm/yil (Samarqand viloyati). Universitetda 8 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari): qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali (Qo'shma Ta'lim Dasturlari): grant bor-mi?

Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (15)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.