
Andijon davlat chet tillari instituti
Yo'nalishlar va o'tish ballari
Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.
| Yo'nalish | Shakl va til | Kontrakt | O'tgan yil |
|---|---|---|---|
| Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 179.9 | 174.9 |
| Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 178.6 | 172.9 |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 175.5 | 171.1 |
| Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 173.5 | 168.5 |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 168.5 | 163.3 |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 165.5 | 151.6 |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 164.9 | 156.2 |
| Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKechki · O‘zbekcha | Kechki · O‘zbekcha | 162.4 | — |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: turk tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 156.8 | — |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 149.3 | — |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKechki · O‘zbekcha | Kechki · O‘zbekcha | 142 | — |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tiliKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 136.7 | 119.5 |
| Turizm va mehmondoʻstlikKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 112.8 | 101.3 |
| Kompyuter lingvistikasiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 111.8 | 97.9 |
| Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tiliKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 95.1 | 154.6 |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tiliKechki · Ruscha | Kechki · Ruscha | 84.9 | — |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | — | 71.5 |
| Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | — | 87.5 |
| Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | — | 74.8 |
| Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | — | 59 |
| Xorijiy til va adabiyoti: nemis tiliKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | — | 78.9 |
Universitet haqida
Institut haqida : Andijon davlat chet tillari instituti — chet tillari sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlaridan biri.
O‘zbekiston prezidenti Andijon davlat chet tillar institutini tashkil etishni 31-maydagi qarori bilan tasdiqladi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlandi va talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.
Batafsil o'qishYopish
Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari, standartlaridan foydalanish, o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, texnologiyalari va metodlarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; ilmiy loyihalarni amalga oshirish shuningdek, yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etish;
Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish;
Taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, jumladan, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, badiiy, sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirishini xorijiy va nufuzli respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sanaladi.
Universitet grantlari :
Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.
Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.
Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.
Universitet stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Xalqaro hamkorlik : Andijon davlat chet tillari institutida talabalarni qo'lab quvvatlash maqsadida dunyoning yetakchi 10 da ortiq davlatlarining 30 dan ortiq OTM lari bilan talabalar almashinuvi dasturlari yo'lga quyilgan bo'lib unda 100 dan ortiq talabalarimiz ishtirok etishgan.
Ko'p beriladigan savollar
Andijon davlat chet tillari instituti: kontrakt to‘lovi qancha?
Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 13,3 mln so'm/yil (Andijon viloyati). Universitetda 19 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.
Andijon davlat chet tillari instituti: qanday topshirish kerak?
Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.
Andijon davlat chet tillari instituti: grant bor-mi?
Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (10)- Andijon davlat texnika institutiInstitut
- Andijon davlat tibbiyot institutiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- Andijon davlat universitetiUniversitet · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiInstitut · 12,6 – 14 mln so'm/yil
- Andijon iqtisodiyot va qurilish institutiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiInstitut
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.