| Turi | Institut |
|---|---|
| Hudud | Andijon viloyati |
| Kontrakt to'lovi | 12,6 – 15,3 mln so'm/yil |
| Yo'nalishlar | 7 ta |
| Grant | ma'lumot yo'q |
| Hujjat muddati | 2026-06-25 |
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
Arxitektura (turlari bo‘yicha)
Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishGidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)7 ta mutaxassislikda 2125 nafar talabalar bilim va malakalarini ortirib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.08.2020 yildagi «Andijon iqtisodiyot va qurilish institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 516-son qaroriga asosan tashkil etilgan. Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining quvvati 450 o‘rinli o‘quv binosi, 300 o‘rinli faollar zali, 450 o‘rinli talabalar turar joyi, va 60 o‘rinli 35200 fondli Axborot resurs markazi mavjud. Institutda dastlab Iqtisodiyot va qurilish fakulteti va Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar va amaliy va matematika, informatika kafedralari faoliyat olib borgan.Bugungi kunda Iqtisodiyot va Arxitektura va qurilish fakultetlarida O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar, Tarmoqlar iqtisodiyoti, Buxgalteriya hisobi, Qurilish muhandisligi va Arxitektura va qurilish kafedrasi 112 nafar Professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.Qabul talablari :
BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.
Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.
Universitet grantlari :
Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.
Universitet stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun fan testlarimiz bir martada bepul: javoblar va tushuntirishlar bilan.
Matematika testiBarcha fan testlariSertifikat ballari kalkulyatoriManba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.