Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Namangan viloyati · Institut
TuriInstitut
HududNamangan viloyati
Kontrakt to'lovi12,6 – 15,3 mln so'm/yil
Yo'nalishlar57 ta
Grantma'lumot yo'q
Hujjat muddati2026-06-25

Universitet haqida

Namangan muhandislik-texnologiya instituti haqida:

Namangan muhandislik-texnologiya instituti mustaqil O‘zbekiston Respublikasining ko‘zga ko‘ringan ilm va ziyo maskani bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo davlatlari oliy o‘quv yurtlari orasida munosib o‘rin tutadi. Chunki institutning kechgan 45 yildan ziyodroq tarixi O‘zbekistondagina emas, butun Markaziy Osiyo, balki undan ham kengroq, jo‘g‘rofiy mintaqadagi mutaxassis kadrlar tarbiya topgan nufuzli maskan — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining shonli yo‘li bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero mazkur institutga 1968-yilda asos solingan edi. Binobarin 60-yillarning oxirida Namanganda va butun Farg‘ona vodiysida to‘qimachilik va yengil sanoatni keskin rivojlantirish, unga ko‘proq malakali mutaxassis kadrlar yetishtirish masalasi bo‘yicha katta ehtiyoj sezilardi. Bu ehtiyoj asosida yirik institut shaxobchasining ochilishi o‘sha davr uchun g‘oyat muhim ijtimoiy va madaniy hodisa bo‘ldi. Namangan muhandislik-texnologiya institutiga asos solishda, uning rivojlanishida va taraqqiy etib bugun yetuk ilmiy maskanga aylanishida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasining, Oliy ta’lim vazirligining, ko‘plab ko‘zga ko‘ringan fidoiy olimlarning munosib o‘rni va hissasi bor. Biz ularni alohida hurmat va faxr iftixor bilan tilga olamiz.Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1533-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25 iyuldagi 212-sonli qarori ga asosan, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti (NamMII) Namangan muhandislik-texnologiya instituti (NamMTI) ga aylantirildi.


Institutga talabalarni qabul qilish tartibi :

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi : 

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq:

  - xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga OTM tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi;

  - oliy ta’lim muassasalariga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin;

  - chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.


Grantlar :

Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Institut stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Institut yotoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.


Xalqaro hamkorlik :

Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalarni bilim va malakasini oshirish maqsadida turli xil grantlar ajratadi va talabalar almashinuvi dasturlarini taqdim etadi.



UniversitETga kirishga tayyorlaning

Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun fan testlarimiz bir martada bepul: javoblar va tushuntirishlar bilan.

Matematika testiBarcha fan testlariSertifikat ballari kalkulyatori

Boshqa universitetlar

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.