| Turi | Filial |
|---|---|
| Hudud | Namangan viloyati |
| Kontrakt to'lovi | 18,5 – 28,8 mln so'm/yil |
| Yo'nalishlar | 45 ta |
| Grant | ajratmalar bor |
| Hujjat muddati | 2026-09-30 |
“University of Business and Science”da 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Kunduzgi ta’lim shakli uchun 300 ta grant, kontraktdan chegirmalar va stipendiyalarni taklif qiladi. “University of Business and Science” (Biznes va Fan Universiteti) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim qilingan №733430 sonli litsenziyaga asosan 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. UBS universiteti 49 ta bakalavriat yoʻnalishlari, 14 ta magistratura mutaxassisliklari va 5 ta doktorantura ixtisosliklari boʻyicha o’z ta’lim dasturlarini taklif qiladi.
Universitetimiz bugungi kunda Respublika hududidagi nodavlat oliygohlari ichida ilmiy salohiyati bo‘yicha yuqori o‘rinlarda bo‘lib, xalqaro tan olingan TOP-1000 talik oliygohlar qatoriga kirish uchun katta ishlar amalga oshirmoqda. Shu asnosida nodavlar oliygohlar ichidan birinchilardan bo‘lib doktorantura mutaxassisligi ochilgan bo‘lib, xalqaro oliygohlar qatoriga kirish uchun vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Shuningdek UBS universiteti 2024-yil hisobida xususiy oliygohlar ichida “YIL BRENDI” deb topildi.
25 mingga yaqin talabalar universitetning 5 ta zamonaviy o‘quv binosida (4 ta bino Namanganda va Toshkentda filialga ega) eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan shinam, zamonaviy ma’ruza va seminar xonalari, kompyuter xonalarda tahsil oladilar. Shuningdek, universitet oshxona, axborot resurs markazi, sport zal va tadbirlar zaliga ega.
Universitetda kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi talabalar uchun talabalar turar joyi mavjud.
Universitet diplomi haqida
Universitet diplomi barcha davlat oliygohlari diplomi bilan bir xil yuridik kuchga ega. Ya’ni UBS diplomi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.
Kirish imtihonlari tartibi :
Ta’lim jarayonlari haqida:
Bakalavriatda qonunchilikka binoan kunduzgi ta’limda 4 yil. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida esa kunduzgi ta’lim 3yilni tashkil etadi. Magistratura bosqichida o‘qish davomiyligi 2 yil, doktoranturada esa 3 yilni tashkil etadi.
Talabalarning har tomonlama kuchli kadr bo‘lib yetishishi uchun sifatli ta’lim berishni maqsad qilgan, “University of Business and Science” Axborot resurs markazi ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ulardan elektron shaklda ham foydalanish mumkin. UBSda nafaqat talabalar uchun, balki, maktab va kollej-litsey o‘quvchilari uchun ham turli olimpiada va tanlovlar o‘tkazib boriladi. Oliygoh 70% fan nomzodlaridan iborat professor-o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi. Xalqaro talablarga to‘la javob beradigan fan dasturlari malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan.
Universitetimiz AQSh, Koreya, Avstraliya, Germaniya, Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Rossiya, Qozog’iston universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. AQSh va dunyoning top universitetlari MIT hamda Garvard universitetlari bilan hamkorlikda ta’lim standartlari xalqaro darajaga olib chiqilishi va UBS diplomi xalqaro miqyosda tan olinishi bo’yicha qator kelishuvlar imzolangan. Bundan tashqari AQShning yana bir top oliygohi Illinois Texnologiya Instituti bilan 3+1 va 4+0 qo’shma dasturlari yo’lga qo’yilmoqda. Bu bilan UBS talabalari AQShda ham ta’lim olishlari va 2 ta diplomni qo’lga kiritishlari mumkin bo’ladi.
Koreyaning Sejong, Kyungdong va Dongshin universitetlari bilan amaliyot, qo’shma dasturlar va talabalar almashinuvi dasturlari yo’lga qo’yilgan.
Magistraturada o‘qishni maqsad qilganlar talabalardan chet tili sertifikatlari talab qilinmaydi. Sertifikatni o‘qishni tamomlaguncha olish kifoya.
“University of Business and Science” orzuyingizdagi karyerangizni qurishda va yetuk mutaxassis bo’lishingizni ta’minlaydi. Sen muvaffaqiyatli bo’la olasan!
Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun fan testlarimiz bir martada bepul: javoblar va tushuntirishlar bilan.
Matematika testiBarcha fan testlariSertifikat ballari kalkulyatoriManba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.