RANCH Universiteti
Universitet haqida
Urganch Ranch texnologiya universiteti o'z faoliyatini 2021-yilning 5-noyabrida 0038-sonli litsenziya asosida "UrganchKormmash" aksiyadorlik jamiyati tarkibida boshladi. "UrganchKormmash" aksiyadorlik jamiyati 1981-yil sentabr oyida Moskva viloyati, Uxtomskiy zavodining Lyubertsi ishlab chiqarish asosida tashkil etilgan. Universitet Urganch shahar markazida qulay nuqtada joylashgan.
Batafsil o'qishYopish
Bugungi kunda universitetda jami 12 000 dan ortiq talabaga 178 nafar yuqori malakali professor-o'qituvchilar kreativ yondashuv bilan dars bermoqda. Universitetda o'quv jarayoni HEMIS axborot tizimiga to'liq integratsiya qilingan. Universitet professor-o'qituvchilari va talabalari ushbu tizimdan samarali foydalanib kelmoqdalar.
Ilmiy unvonga tavsiya etilgan professor-o'qituvchilar http://interaktiv.oak.uz elektron manzili orqali ro'yhatga olinadi va professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlar mavzulari OAK byulletiniga https://mavzu/oak.uz manzili orqali muntazam joylashtirib boriladi.
Hozirgi kunda 16 000 o'rinli yangi o'quv binosi qurilishi davom etyapti va shu yilning o'zida foydalanishga topshiriladi.
Xalqaro hamkorliklar
Urganch Ranch texnologiya universiteti xalqaro hamkorliklar doirasida professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari bo'yicha:
Angliyaning Northampton universiteti
Ispaniya Barselona universiteti
Italiyaning Podova universiteti
Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti
Ispaniyaning Lieida universiteti
Chexiyaning Janubiy Bogemiya universiteti
AQSHning New-York city universiteti
AQSHning Pennsylvania universitetlari bilan munosabatlar o'rnatgan.
Jumladan, 2024-yilda Ispaniya qirolligining Barselona unversiteti va Lieida universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Yangi o'quv yilidan Urganch Ranch texnologiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari Ispaniya universitetlarida amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Ko'p beriladigan savollar
RANCH Universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?
Kontrakt to‘lovi: 13,2 – 26,5 mln so'm/yil (Xorazm viloyati). Universitetda 38 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.
RANCH Universiteti: qanday topshirish kerak?
Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.
RANCH Universiteti: grant bor-mi?
Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (6)- Al-Xorazmiy universitetiUniversitet · 30 mln so'm/yil
- Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiFilial
- Urganch davlat pedagogika institutiInstitut · 6,4 – 9,1 mln so'm/yil
- Urganch davlat universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiFilial
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.