5ball
Urganch davlat universiteti
Foto: Anvar Reyimberganov · CC BY-SA 4.0

Urganch davlat universiteti

UniversitetXorazm viloyati
Kontrakt to'lovi12,6 – 13,3mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni141
Eng past kontrakt bali56.7/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha181.7176.2
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha177.2168.5
Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tiliKunduzgi · O‘zbekcha174.2162.3
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarKunduzgi · O‘zbekcha166.6139.7
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · Ruscha165.2148.3
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tiliKunduzgi · O‘zbekcha161.3125.6
IqtisodiyotKunduzgi · O‘zbekcha153.3153.4
Buxgalteriya hisobiKunduzgi · O‘zbekcha143.4137.3
BiologiyaKunduzgi · O‘zbekcha140.5130.6
MarketingKunduzgi · O‘zbekcha131.9124.2
Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tiliKunduzgi · Ruscha131.5102.5
LogistikaKunduzgi · O‘zbekcha128.4120
Sport faoliyati: erkin kurashKunduzgi · O‘zbekcha125.698.2
Sport faoliyati: futbolKunduzgi · O‘zbekcha117.3113.2
BiologiyaKechki · O‘zbekcha117—

Universitet haqida

Urganch davlat universiteti qabul - 2023/2024

Urganch davlat universitetida (Urdu) qabul 20-iyundan - 20 iyulgacha davom etadi. Oliygohga DTMning rasmiy sayti orqali hujjat topshirishingiz mumkin bo'ladi

Oliygoh haqida:

Urganch davlat universitetining tashkil topishi oʻziga xos tarixga ega. Tarixga nazar soladigan boʻlsak, 1935-yilning 9-noyabr sanasida Urganch shahrida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti ochilgan. 1942-yilning birinchi sentabr sanasidan e’tiboran esa bu muassasa Xorazm davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Batafsil o'qish

Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.

Oliygohda 11 ta fakultet, 41 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, ularda 47 ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar va 21 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

Urganch davlat universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘quv jarayonlariga Rossiya, AQSh, Ukraina, Polsha, Sloveniya, Koreya, Eron va Belorus Respublikasi kabi qator davlatlarning oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari jalb qilinmoqda.

Bakalavr

Universitetda mavjud 76 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi, 37 ta magistratura mutaxassisliklari va 8 ta qo‘shma ta’lim dasturlarida jami 30 ming nafardan ortiq talabalar tahsil olishadi.

2022 / 2023 yil kunduzgi ta'lim uchun jami qabul kvotasi: 2 500 ta

Grantlar soni: 820 ta -> O'zbek tili - 685 ta; Rus tili - 135 ta

To'lov-kontrakt asosida: 1 680 ta -> O'zbek tili - 1 365; Rus tili - 315

Sirtqi ta'lim uchun jami: 725 -> O'zbek tili - 675; Rus tili - 50

Magistratura

Universitet 39ta yo'nalish bo'yicha magistratura darajasini olish mumkin

2022 / 2023 o'quv yili uchun qabul kvotalarining jami soni: 488

Davlat grantlari asosida: 488 ta -> O'zbek tili - 166 ta; Rus tili - 6 ta

To'lov-kontrakti asosida: 316 ta -> O'zbek tili -304 ta; Rus tili - 12 ta

Grantlar va stipendiyalar

Urganch davlat universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Bu stipendiyalarga quyidagilar kiradi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi – 1 811 191 so‘m;

- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov – 1 207 461 so‘m;

- Davlat granti asosida, shuningdek, shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar uchun bazaviy stipendiya;

- 1-va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar uchun stipendiya - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;

- Alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun qo‘shimcha to‘lov - belgilangan stipendiyalarga nisbatan 50% yuqori miqdorda;

Talabalar yotoqxonasi

Urganch davlat universitetida 6 ta talabalar turar joylari mavjud boʼlib, 1798 oʼringa moʼljallangan.

Yotoqxonaning har bir qavati 1 ta televizor, 4 ta sovutgich, 4 ta elektr plita, 2 ta kir yuvish mashinalari bilan jihozlangan. Ushbu yotoqxonada talabalarning yashashi bilan birgalikda, boʼsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitishni tashkil qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yoshlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʼrgatish maqsadida binoda CO-WORKING (kovorking), axborot resurs va hunarmandchilik markazlari faoliyati ham yoʼlga qoʼyilgan.

Ko'p beriladigan savollar

Urganch davlat universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 13,3 mln so'm/yil (Xorazm viloyati). Universitetda 141 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Urganch davlat universiteti: qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Urganch davlat universiteti: grant bor-mi?

Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (6)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.