AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)
Universitet haqida
Afrasiab Universityning tarixi **2022-yilda tashkil etilgan Ijtimoiy va Siyosiy Fanlar Instituti (ISFI)**dan boshlanadi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 056369-sonli litsenziya asosida xususiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakat oliy ta’lim tizimida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
Batafsil o'qishYopish
Faoliyati davomida institut ta’lim jarayoniga ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarda tajribaga ega professor-o‘qituvchilarni jalb etish orqali kuchli akademik va ilmiy salohiyatni shakllantirdi. Talabalarga zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni berishga alohida e’tibor qaratildi.
2026-yilda ISFI rebrending qilinib, Afrasiab University nomi ostida faoliyatini davom ettira boshladi. Rebrending universitetning ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy universitet modelini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Bugungi kunda Afrasiab University bakalavriat va magistratura bosqichlarida 24 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sifatli ta’limni taklif etadi. Universitetdagi barcha o‘quv dasturlari nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bitiruvchilarning zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
- Central Asian UniversityUniversitet · 54 – 135 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.