Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti haqida: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
1923 yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo‘limi Melioratsiya muhandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923 yilda
24 nafar talaba agronom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida universitetni tamomlab birinchi bitiruvchilari bo‘lishgan. Mustaqillik yillariga kelib universitetning rivojlangan xorijiy davlatlar universitetlari bilan o‘quv ilmiy tajribalar almashishlari bo‘yicha hamkorliklar rivojlandi. Universitetda o‘qitiladigan fanlarning o‘zbek tilidagi adabiyotlari yaratildi talaba yoshlarni tillarni o‘rganishga, chet el oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlarini davom ettirishlariga keng imkoniyatlar yaratildi, jumladan iqtidorli talabalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, “Beruniy”, “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyalari tanlovida hozirga qadar qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha
100 nafardan ortiq talabalarimiz sovrindor bo‘lishgan. 2004 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi. Institut hozirgi kunlarda tom ma’noda yangi mas’uliyatli davrni boshidan kechirmoqda. Respublikada qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda universitetda 12300 dan ortiq talaba 40 dan ortiq ta’lim yo‘nalishi, 30 ga yaqin magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 7 ta fakultetda ta’lim olib kelmoqdalar. Universitetda ularga 35 ta kafedrada 410 nafardan ortiq malakali professor o‘qituvchilar ta’lim berishib, ularning 70 nafari fan doktori, professorlar, 195 nafari fan nomzodi, PhD, dotsentlardir.Universitet zamon talablariga javob beradigan beshta o‘quv, uchta o‘quv laboratoriya binolari, zamonaviy o‘quv ilmiy markazlar, umumiy fondi
700 ming o‘ringa yaqin axborot resurs markazi
2400 o‘rinli 3 ta talabalar uyi, 460 o‘rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog‘iga ega. Universitet jamoasining asosiy e’tibori ta’lim to‘g‘risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Universitet “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq va suv xo‘jaligi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga asosiy e’tiborni qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son Qaroriga muvofiq “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi. O‘zbekiston Prezidentining
2021 yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsiyalar va raqamlashtirishga asoslangan muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli Qarori bilan institut
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga aylantirildi. Bugun Buyuk Britaniyaning nufuzli
“QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi –
“QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi. Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning ikki oliy taʼlim muassasasi o’rin egalladi:
547-o’rin: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.Bakalavr:Abituriyent universitetga o'qishga kirganida qabul komissiyasiga quyidagi
hujjatlarni topshiradi::-ta'lim muassasasi rektori nomiga til yo'nalishi va o'qitish shakli ko'rsatilgan ariza;-o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to'g'risidagi hujjatning asl nusxasi;-pasport nusxasi;-3,5×4,5 sm o'lchamdagi 6 ta foto karta;-xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g'olibining tanlovdan tashqari asosda qabul qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi;Abituriyent muddatli harbiy xizmatni o'tagan harbiy qismdan o'qish uchun tavsiya.
Hujjatlar 5 iyundan - 5 iyulgacha qabul qilinadi!Universitet grantlari : "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant asosida o'qish imkoniyati bor.
Universitet stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.
Universitet yotoqxonasi : Universitet yotoqxonalari 5 ta talabalar turar joylari , yosh olim va doktorantlari uylaridan iborat. Yotoqxonalar haqida to'liq ma'lumot
Xalqaro hamkorlik :Bugungi kunda TIQXMMIda xorijiy xamkorlar bilan tuzilgan va ayni paytda amalda bo‘lgan jami 87 ta shartnoma va memorandumlar mavjud bo‘lib, ular Evropaning etakchi mamlakatlari, AQSh, Rossiya, Osiyoning rivojlangan davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ilg‘or muassalar bilan tuzilgan. Hozirda TIQXMMIda umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollari va 700 mln Evroga yaqin bo‘lgan jami 23 ta xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. TIQXMMIda 4 ta mutaxassislik bo‘yicha ikki tomonlama diplom beruvchi xalqaro qo‘shma magistratura va xalqaro qo‘shma doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, har yili xorijning etakchi universitetlaridan 30 nafardan ortiq professorlari institut o‘quv va ilmiy jarayoniga jalb etilgan. Institutda Xitoy, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Kolumbiya, Afg‘oniston Janubiy Koreya kabi mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqdalar. Har yili institutning 100 nafardan ortiq professor o‘qituvchi va talabalar rivojlangan mamlakatlarning universitet va tashkilotlariga malaka oshirish hamda stajirovka o‘tab kelishlari tashkil etilmoqda.
Kerakli havolalar:(tiiame) Kvotalar, grantlar va kirish ballari - shu yerda!(tiiame) Stipendiyalar haqida ko'proq ma'lumot uchun(tiiame) Kontrakt narxlari