Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti haqida (ToshDO‘TAU)
:Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF - 47097 sonli 2016 - yil 13 - maydagi farmoni bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil topdi. Shu bilan birga uchinchi fakultet sifatida O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ham qo'shildi. Times Higher Education (THE) Xalqaro reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan "THE Impact Rankings 2022" reytingi javoblari bo'yicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti top 1000+ universitetlar ro'yxatiga kiritildi. 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab 14 ta bakalavriyat, 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
-Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.
-Stipendiya: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
Qabul qilish tartibi: Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida BMB agentligining namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
Bakalavr:
Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:
pasport;
diplom;
til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)
imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
toʻlov summasi
Joriy yil bitiruvchilari uchun:
pasport;
bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).
Magistratura:
- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati.
Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.Qo'shma Dasturlar:Hozirgi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida 2 yo'nalish bo'yicha qo'shma dasturlar o'z faoliyatini olib boradi:1.
“Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” - 5A611501 “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” magistratura yo‘nalishi universitetimizda 2019-yildan beri faoliyat yuritadi. Hamroh universitetimiz Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya) bo‘lib, 2019 yildan beri bizning talabalar chet elda ta’lim olish imkoniyatidan foydalanmoqdalar. Ushbu dasturning yana bir afzalligi shundaki, bitiruvchilar ikkita mustaqil, ammo bir xil darajada vakolatli bo‘lgan diplomga ega bo‘ladi. Yo‘nalish talabalari ikki tilli o‘quv muhitida ta’lim oladilar. O‘quv amaliyoti talabalarning xohishiga ko‘ra O‘zbekistonda yoki hamkor universitetda amalga oshiriladi.2.
"Kompyuter grafikasi va mediadizayn".- Ushbu magistratura yo‘nalishi Anqara Hoji Bayram Vali universiteti (Turkiya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yildan boshlab yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Dastur 4 semestrdan iborat bo‘lib, uning afzalliklaridan biri shundaki, bitiruvchilar ikkita mustaqil, ammo bir xil darajada vakolatli bo‘lgan diplomga ega bo‘ladi. Yo‘nalish talabalari ikki tilli o‘quv muhitida ta’lim oladilar (turk va o‘zbek tillari). O‘quv amaliyoti talabalarning xohishiga ko‘ra O‘zbekistonda yoki hamkor universitetda amalga oshiriladi.Ushbu dasturlar magistratura yo'nalishi hisoblanib, uning bitiruvchilari ikki hamkor universitetlarning mustaqil diplomlariga ega bo'ladilar.