Coventry University by UDEA
Universitet haqida
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) – 2022-yil 7-yanvar kuni tashkil etilgan bo‘lib, jahon ta’lim standartlariga mos keluvchi zamonaviy o‘quv dasturlari, laboratoriyalar va yuqori malakali o’qituvchilarni o’z ichiga mujassam etgan oliy ta’lim dargohi. UDEAda “Moliya”, “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Menejment” va “Marketing” kabi ixtisoslashtirilgan bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari mavjud.
Batafsil o'qishYopish
UDEA qisqa vaqt ichida AQShning Amerika Universiteti, Italiyaning Polimi Oliy menejment maktabi, Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kolleji kabi 10 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi.
E’tiborlisi, UDEA 2023-yil 28-aprel kuni dunyoning TOP-600 taligiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi va hozirda yurtimizning ko‘plab yoshlari O‘zbekistonda turib, Koventri Universiteti dasturlarida tahsil olib kelmoqdalar.
O’zbekistondagi yirik tijorat banklaridan biri Agrobank, har yili UDEA talabalari uchun 200 ta grant hamda turli xil stipendiyalar ajratmoqda. Ushbu grant sizni 4 yil hech qanday harajatlarsiz xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. E’tiborlisi talabalarimiz 50 dan ortiq talabalarimiz o‘qish davridayoq Agrobankda pullik asosda amaliyot o’tashmoqda.
Kirish talablari:
- IELTS bali 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) yoki undan yuqori.
- CEFR bali 55 (B2) ("Writing" komponenti 51) yoki undan yuqori.
- Koventri universiteti ingliz tili testi (CUET)*: ball 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) yoki undan yuqori.
*CUET - bu abituriyentlar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa, UDEAdagi Koventri universiteti dasturlariga kirish huquqini olish uchun topshiradigan testdir.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.