EMU universiteti
Universitet haqida
XXI asrda turli xil sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, shu jumladan, tibbiyotning jadal ravishda rivojlanayotganligi, yangi turdagi tibbiyot uskunalarning yaratilayotganligi va eski turdagilarining yangilanishi kasalliklarni davolash va tashxislash usullarini takomillashtirmoqda.
Batafsil o'qishYopish
Yurtimizning strategik sektori sifatida tibbiyot va tibbiy ta’limni jadal rivojlantirish uchun, shuningdek, bu sohada etakchi xablar katorida bo‘lishga da’vo qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining tibbiy ta’limi, fan va amaliyotining salohiyatini yuksaltirish uchun xalqaro talablarga javob bera oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash zarur.
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, shuningdek, 2022 yil 13 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan berilgan №038700 litsenziya asosida xususiy tibbiyot universiteti tashkil etildi. U xalqaro standartlarga javob beradigan amaliyot bilan yaqin integratsiyada tashkil etilgan ta’lim jarayoniga, o‘zining rivojlangan infratuzilmasiga va shaxsiy zamonaviy klinik bazasiga ega.
Universitetning asosiy vazifalari etib:
- yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxasislarni keng miqyosda jalb etgan holda tibbiyot va tibbiy ta’lim sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash; yurtimizning tibbiy tashkilotlari uchun keng miqyosda tayyorlov, qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- yosh avlod uchun zamonaviy, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish; professor – o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar uchun esa global ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun zamonaviy platforma yaratish;
- dunyoning etakchi tibbiyot oliygohlari bilan ko‘p qirrali ta’lim va ilmiy – tadqiqot hamkorliklarni tashkil etish belgilangan.
Universitetga kirish talablari :
Kirish imtihonlari - Abiturientning bilimi murakkablik darajasiga ko‘ra O‘zbekiston umumta’lim maktablari dasturiga mos keluvchi testlar jamlanmasi asosida baholanadi. Umumiy hisobda kirish imtihoni 60 ta testdan iborat bo‘lib, 90 daqiqa davom etadi. Imtihon savollari hujjat topshirilgan tilda bo‘ladi.
Universitet ta'lim grantlari :
Abiturientlar ichki imtihon natijalasini test yakunlanish bilan bilib oladilar. Grant asosida tahsil olish uchun eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarning to‘liq ro‘yxati kirish imtihonidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.
- Universitet ichki Nizomiga ko‘ra, grant asosida tahsil olish uchun o‘qishga qabul qilingan talaba o‘rta va past o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lsa, keyingi semestrdan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga o‘tkaziladi.
- Universitet ichki Nizomiga ko‘ra, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olish uchun o‘qishga qabul qilingan talaba yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lganda hamda universitet hayotidagi faol ishtirokiga ko‘ra, keyingi semestrdan bepul ta’lim olish imkonini beruvchi ta’sischi grantini qo‘lga kiritishi mumkin.
Xalqaro hamkorlik :
EMU university dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan talabalar almashinuvi dasturlari orqali univeristeting yuqori o'zlashtirishga ega talabalarini o'qitishda davom etmoqda. Hozirgi kunda EMU university 10 dan ortiq xorijiy davlat va nodavlat universitetlari bilan turli xildagi shartnomalar va memarandum kelishuvlar imzolagan.
Ko'p beriladigan savollar
EMU universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?
Kontrakt to‘lovi: 12,9 – 59,8 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 23 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.
EMU universiteti: qanday topshirish kerak?
Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.
EMU universiteti: grant bor-mi?
Grant: ajratmalar bor. Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.