International Digital University
Universitet haqida
Universitet haqida :
IDU (International Digital University) 2021-yil Toshkent shahrida asos solingan. IDU - O’zbekiston Respublikasi tomonidan litsenziyaga ega va Angliyaning “Wolverhampton”universitetI tomonidan bakalavr dasturlari (IT sohasida) uchun validadatsiyaga ega universitet hisoblanadi.
Batafsil o'qishYopish
IDUda 2ta fakultet mavjud – Biznes va IT.
- Biznes yo’nalishlari: Raqamli Biznes Boshqaruvi
- IT yo’nalishlari: Sun’iy intellekt, Kiberxavfsizlik, Computing va IT
IT yo’nalishlaridan birini bitirgan talaba 4 - kursdan keyin Xalqaro diplom, yani Wolverhampton”universitetining diplomini oladi
IDU Yaponiyaning “SSI” rekruting kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga ko’ra, universitetning barcha fanlaridan yaxshi natija ko’rsatgan bitiruvchilari uchun Yaponiyada (kafolatlangan) ish taklif qiladi.
Qabul kvotasi 2025 - 2026 - yil o'quv yili uchun: 400 talaba
Universitet grantlari :
Har bir o’quv yili uchun 100 ta grant ajratiladi, grantlar 30, 50, 90% bo’lishi mumkin. Grant olish uchun talaba universitetning ichki imtihonlaridan, matematika va ingliz tili fanlaridan kamida 60 ball to’plashi kerak bo’ladi. Ball qancha yuqori bo’lsa, grant foizi oshib boraveradi.
Kirish talablari va o'tish ballari :
Biznes yo’nalishiga kirish uchun talaba oflayn tarzda ichki imtihon topshirib, ingliz tilidan kamida 40 ball to’plash, yoki IELTS sertifikatini 5.0 (yozma qismi 5.0 kam bo’lmasligi kerak) taqdim etish kerakdir.
IT yo’nalishiga kirish uchun talaba oflayn tarzda ichki imtihon topshirib, ingliz tilidan kamida 40 ball, yoki IELTS sertifikatini 5.0 (yozma qismi 5.0 kam bo’lmasligi kerak) taqdim etish va matematika ichki imtihonidan kamida 40 ball to’plash kerakdir.
Stipendiya : Hozircha mavjud emas .
Yotoqxona : Hozircha mavjud emas.
Universitet tomonidan talabalariga berilishi mumkin bo'lgan chegirmalar : Faqat grant o'rinlari
Xalqaro hamkorlik :
IT yo’nalishda o’qiyotgan talaba 2 kursdan boshlab o’qishini bir semesterini Wolverhampton universitetining istalgan davlatda joylashgan filialida o’qib kelishi mumkin (osha semester uchun kontrakt narxi tanlangan davlatga qarab belgilanadi). Work and travel dasturlari ham mavjud.
Ishlash imkoniyati va universitet tomonidan beriladigan yordam(Ish topish uchun) :
Universitet yakunlagandan so’ng, yaxshi natija ko’rsatgan talabalarga universitet Yaponiyada ishlash uchun ish taklif etadi
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.