5ball

Mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti

UniversitetToshkent shahri
Kontrakt to'lovi12,6 – 15,3mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni169
Eng past kontrakt bali56.7/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha180.6173.2
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha177.7170.6
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha176.8168.8
SiyosatshunoslikKunduzgi · O‘zbekcha174.6164.9
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKechki · O‘zbekcha172.4158.9
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarKunduzgi · O‘zbekcha170.7152.3
Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tiliKunduzgi · O‘zbekcha165.4131
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · Ruscha163.3161.3
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tiliKunduzgi · Ruscha160.6151.5
IqtisodiyotKunduzgi · O‘zbekcha160141
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · Ruscha159.4152.7
Kiberxavfsizlik injiniringiKunduzgi · O‘zbekcha154.5—
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarKunduzgi · Ruscha151.2141
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKechki · Ruscha149.3145.3
Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tiliKunduzgi · Ruscha149.195.4

Universitet haqida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti haqida:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti 1918 - yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan va 1995 - yilga kelib universitetga Mirzo Ulug'bek nomi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti (MUN) O‘zbekistonning etakchi ilmiy-ta'lim muassasalari dan biridir. Universitet oliy malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borishga va davlatimizning iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan.

Batafsil o'qish

Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.

Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.

I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida yo'nalishga mos imtihonlarda qatnashish.

Yotoqxona haqida:

Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularda jami o‘rinlar soni 2021 yilga qadar 3600 tani tashkil etar edi. 2021 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazildi.

Xalqaro hamkorlik :

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti dunyoning yetakchi davlat va nodavlat universitetlari bilan student exchange dasturi va boshqa ko'plab xalqaro hamkorlik memarandumlari mavjud bo'lib, unda talabalar 1 + 3 , 2 + 2 , 3 + 1 ko'rishida xorijda o'z bilim va tajribalarini oshirish imkoniyati bor.

O`quv uslubiy boshqarma faoliyati:

O`quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish

Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini ta`minlash, tahlil qilish

O`zMUni o`rnatilgan tartibda ichki attestatsiyadan o`tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o`tkazish bo`yicha tegishli ishlarni amalga oshirish

O`quv yiliga tayyorgarlik ko`rish va o`quv jarayonining yillik ish rejasini tuzilishini ta`minlash

Fakultet va kafedralarda o`quv yuklamalari xisob kitobini to`g`ri va mavjud me`yoriy xujjatlarga asosan taqsimlanishini ta`minlash va nazorat qilish

Universitetda auditoriya fondini ishlatish, foydalanish va ularni taqsimlanishini ta`minlash

Fanlar bo'yicha mezonlar:

Mezonlar o‘tgan yilgidek qoldirildi - 3 ta majburiy fan va bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) - 10 ta savol;

- Matematika - 10 ta savol;

- O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol;

30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93,0 ball

2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63,0 ball

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2024/2025 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test savoli beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189.

Ko'p beriladigan savollar

Mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 15,3 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 169 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti: qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Mirzo ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti: grant bor-mi?

Grant: ma'lumot yo'q. Grant ajratmalari haqidagi aniq ma'lumotni qabul kvotasi e'lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (81)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.