| Turi | Universitet |
|---|---|
| Hudud | Toshkent shahri |
| Kontrakt to'lovi | 10 – 25 mln so'm/yil |
| Yo'nalishlar | 42 ta |
| Grant | ajratmalar bor |
| Hujjat muddati | 2026-09-30 |
| Reyting | 3.2 / 5 (1 baho) |
Universitet haqida:
“ORIENTAL UNIVERSITETI” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 25-maydagi 0022-sonli litsenziyasi asosida O‘zbekiston Respublikasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. Universitetda 28 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 8000 ta talaba tahsil olmoqda , 14 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 400 ta magistrlar o‘z bilimlarini mustahkamlab, yangi ilmiy jarayonlarga tayyorlanmoqda. Bu hali hammasi emas, yangi o‘quv yilidan universitetimizda 4 ta doktorantura ixtisosliklari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan litsenziya ham berildi. Bundan tashqari Oriental universiteti tomonidan yangi o‘quv yili uchun euro guruhlar tashkil etish va darslarni rus tilida ham olib borilishi ko‘zda tutilgan va bu uchun alohida kvotalar ham ajratilgan.Universitet Grantlari:
Universitetimiz tomonidan ajratiladigan grantlar mavjud. Grant uchun ajratilgan joylar 20 ta , 10 ta Universitet granti ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga, 10 ta Rektor granti o‘tish imtihonlarida yuqori ball to‘plaganlarga. Grantlar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun 4 yil muddatga beriladi. Kirish ballari grant va to‘lov shartnoma(kontrakt) uchun online imtihon natijalariga qarab eng yuqori ball olgan abituriyentlar tanlab olingandan keyin har bir yo‘nlashda farq qilishi mumkin.Xalqaro dasturlar:
Oriental universiteti dunyoning 14 ta nufuzli universitetlari bilan aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bugungi kunda talaba almashinuvi dasturi bo‘yicha universitetning iqtidorli talabalari dunyo reytingidagi yetakchi universitetlarda bepul ta’lim olishlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Turkiya davlatining Nejmittin Erbakan, Karabuk, Kafkas, Anqara universitetlari, Janubiy Koreya Respublikasining Sejong akademiyasi, Latviya Respublikasining Latviya fanlar va texnologiyalar universiteti, Qozog‘iston Respublikasining Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Polsha davlatining WSB universiteti, Malayziya davlatining Utara menejment universiteti hamda Terenganu davlat universitetlari bilan memorandumlar imzolangan. Talabalar har yili 1-semestr davomida OTMlarda talabalar almashinuvi bo‘yicha o‘qib kelishadi. Ushbu imtiyoz mutlaqo bepul hisoblanib, universitet tomonidan qoplanib beriladi. Bundan tashqari, Oriental universitetida "Work and Travel" dasturi ham mavjud.
Bundan tashqari, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan talabalar uchun 50 % chegirma berib boriladi. O'qish davomida ishlash imkoniyati ham qisman bor.Universitetning hozircha boshqa filiallari mavjud emas.Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun fan testlarimiz bir martada bepul: javoblar va tushuntirishlar bilan.
Matematika testiBarcha fan testlariSertifikat ballari kalkulyatoriManba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.