5ball
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Foto: BekzodNishanaliyev · CC BY-SA 4.0

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

UniversitetToshkent shahri
Kontrakt to'lovi12,6 – 13,3mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni43
Eng past kontrakt bali82.1/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tiliKunduzgi · O‘zbekcha183.9177.5
Xalqaro munosabatlarKunduzgi · O‘zbekcha181.7172.4
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tiliKunduzgi · O‘zbekcha181173.8
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha179.6171.1
Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha178.3173
Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tiliKunduzgi · O‘zbekcha178.1169.7
SiyosatshunoslikKunduzgi · O‘zbekcha178171.1
Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tiliKunduzgi · O‘zbekcha177.5166.5
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha177.5169.8
Filologiya va tillarni oʻqitish: turk tiliKunduzgi · O‘zbekcha175.1168.5
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: turk tiliKunduzgi · O‘zbekcha174.6164.8
Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tiliKunduzgi · O‘zbekcha174.5165.4
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tiliKunduzgi · O‘zbekcha173.8—
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: italyan tiliKunduzgi · O‘zbekcha173.6161
Filologiya va tillarni oʻqitish: ispan tiliKunduzgi · O‘zbekcha173.2164.2

Universitet haqida

Universitet haqida:

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O’zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega. 1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo’ldi. Bugungi kunda universitetda 23 000 dan ortiq talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o’rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo’nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo’nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Batafsil o'qish

Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grantda o'qish imkoniyati bor.

Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.

I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.

Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.

Bakalavr:

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.

Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.

Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida BMB(DTM) ning namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Magistratura:

·Mutaxassislik: 15+

·Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.

Xorijiy hamkorliklar: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Adigey davlat universiteti, Astraxan davlat universiteti, Vladimir davlat universiteti, Kurgan davlat universiteti, Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Uralsk davlat tilshunoslik universiteti, Qalmiq davlat universiteti, Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti kabi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, universitet quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan ham uzoq yillik hamkorlikka ega:

- Norvich tillar oʻqitish institute(Angliya);

- London Metropolitan universiteti(Angliya);

- Indiana universiteti(AQSH);

- Yohannis Gutenburg Maynz universiteti(Germaniya);

- Gyote institute(Germaniya);

- Allians institute(Fransiya);

- Versal Akademiyasi(Fransiya);

- Kan universiteti(Fransiya);

- Serji-Potuaz universiteti(Fransiya) va boshqalar.

Ko'p beriladigan savollar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 13,3 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 43 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti: qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti: grant bor-mi?

Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (81)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.