Tashkent Perfect University
Universitet haqida
Tashkent Perfect University – zamonaviy ta'lim va innovatsion yondashuvlarni birlashtirgan universitet bo‘lib, 2022-yil 19-oktabrda №043951 sonli litsenziya asosida rasmiy faoliyatini boshlagan. Ushbu universitet qisqa vaqt ichida o‘zining sifatli ta’limi va ilmiy salohiyati bilan ajralib turishga muvaffaq bo‘ldi.
Batafsil o'qishYopish
Tashkent Perfect University talabalarga innovatsion va ilg‘or bilimlarni taklif etadi. Universitetda o'qitish jarayoni zamonaviy texnologiyalar yordamida interaktiv usullarda olib boriladi. Darslar nafaqat nazariy bilimlarga asoslangan, balki talabalarning amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga qaratilgan. Har bir talaba o‘z sohasi bo‘yicha chuqur bilimlarni egallab, zamonaviy global bozor talablariga mos kadr sifatida shakllanadi.
Ilmiy salohiyat bu yerda alohida e'tibor bilan rivojlantirilmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlari xalqaro darajadagi nashrlarda chop etiladi va ko‘plab yirik loyihalarda qatnashib kelishmoqda. Ilmiy laboratoriyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, talabalar o‘z tadqiqotlarini olib borish imkoniyatiga ega. Universitetning ilmiy-innovatsion markazlari talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun ochiq bo‘lib, ularga o‘z kashfiyotlarini amalga oshirishda to‘liq yordam ko‘rsatiladi.
Shuningdek, universitet ilm-fanga qiziquvchi talabalar uchun turli ilmiy konferensiyalar, seminarlar va treninglarni muntazam ravishda tashkil etadi. Bu tadbirlar nafaqat bilim olish, balki yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish imkonini ham beradi.
Tashkent Perfect University – bu nafaqat ta’lim, balki ilmiy izlanishlar, yangi yutuqlar va ulkan imkoniyatlar maskani. Agar siz o‘z kelajagingizni ilg‘or bilim va innovatsiyalar bilan bog‘lashni istasangiz, bu universitet sizni kutmoqda!
Qabul qilish talablari :
TPU tomonidan tashkil qilinadigan kirish imtihonlarida qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi.
Universitet spitendiyasi va grantlari:
Tashkent Perfect University talabalarini qo'lab quvvatlash maqsadida fanlarni yaxshi baholarga o'zlashtirgan talabalarga stipendiya va grantlar ajratadi.
Universitet yotoqxonasi :
Uzoqdan kelgan talabalar yotoqxona bilan taminlanadi.
Xalqaro hamkorlik :
Tashkent Perfect University bir qator xalqaro va mahalliy Oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, ulardan: Turkiya, Chexiya, Latviya davlatlarining yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Ko'p beriladigan savollar
Tashkent Perfect University: kontrakt to‘lovi qancha?
Kontrakt to‘lovi: 10 – 18 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 21 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.
Tashkent Perfect University: qanday topshirish kerak?
Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.
Tashkent Perfect University: grant bor-mi?
Grant: ajratmalar bor. Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.