Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Yo'nalishlar va o'tish ballari
Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.
| Yo'nalish | Shakl va til | Kontrakt | O'tgan yil |
|---|---|---|---|
| Dizayn: interyer dizayniKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 145.6 | 148.3 |
| IqtisodiyotKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 142.2 | 127.1 |
| Dizayn: interyer dizayniKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 140.3 | 142.5 |
| IqtisodiyotKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 121.1 | 121.1 |
| IqtisodiyotKechki · O‘zbekcha | Kechki · O‘zbekcha | 119.1 | 107.1 |
| MenejmentKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 118 | 115.6 |
| ArxitekturaKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 106.1 | 96.8 |
| MarketingKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 95.8 | — |
| ArxitekturaKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 95.7 | 78.9 |
| Kompyuter injiniringiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 83.4 | 77 |
| Shahar qurilishi va loyihalashKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 78.8 | 70.6 |
| Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 73.6 | 72.5 |
| ArxitekturaKechki · O‘zbekcha | Kechki · O‘zbekcha | 72.6 | 70.7 |
| Sunʼiy intellektKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 71.8 | 66.1 |
| IqtisodiyotMasofaviy · O‘zbekcha | Masofaviy · O‘zbekcha | 71.6 | 56.7 |
| Atrof-muhit muhandisligiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 65.2 | 69.3 |
| Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 65.1 | — |
| Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 64.1 | 56.7 |
| Qurilish muhandisligiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 63.5 | 65.4 |
| MenejmentMasofaviy · O‘zbekcha | Masofaviy · O‘zbekcha | 63.4 | 59.4 |
| Geodeziya va geoinformatikaKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 63.2 | 62 |
| Qurilish muhandisligiKechki · O‘zbekcha | Kechki · O‘zbekcha | 63.2 | 61.4 |
| Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarishKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 61.8 | 56.9 |
| Metrologiya va standartlashtirishKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 60.1 | 58.9 |
| Energetika muhandisligiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 59.8 | — |
| Qiymat injiniringi va koʻchmas mulkni boshqarishKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 59.2 | 58.2 |
| Qiymat injiniringi va koʻchmas mulkni boshqarishKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 59.1 | 80.9 |
| Qurilish muhandisligiKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 59.1 | 56.7 |
| MaterialshunoslikKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 58.1 | 56.9 |
| Gidrotexnika va geotexnika muhandisligiKunduzgi · O‘zbekcha | Kunduzgi · O‘zbekcha | 57.9 | 62.1 |
| Geodeziya va geoinformatikaKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 57 | 57 |
| Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasiKunduzgi · Ruscha | Kunduzgi · Ruscha | 56.9 | — |
| MarketingMasofaviy · O‘zbekcha | Masofaviy · O‘zbekcha | 56.7 | — |
Universitet haqida
Toshkent arxitektura-qurilish instituti (TAQI) haqida :
Toshkent arxitektura qurilish universiteti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 6 maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika universitetining 'Arxitektura”, 'Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda 'Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki Toshkent arxitektura qurilish universiteti arxitektura va qurilish sohasida tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalar, fan dasturlari ishlab chiqishga hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida tadbiq etishda doimo tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.Yosh kadrlardan ilmiy darajali va ilmiy unvonli, malakali pedagoglarni tayyorlash kafedra va dekanatlar diqqat markazida turibdi. Toshkent arxitektura qurilish universitetida 343 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ulardan 23 nafari fan doktorlari va professorlar, 102 ga yaqini fan nomzodlari va dotsentlar talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Institut professor-o‘qituvchilarining 36% ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega. Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda 2019/2020 o‘quv yili bo‘yicha fanlar kesimida TAQIda 52 nomdagi darslik, 106 nomdagi o‘quv qo‘llanma va 372 ta o‘quv-uslubiy majmua zamonaviy talablar asosida tayyorlandi.Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan ishlarga Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida 650 dan ortiq iqtiboslik mavjud. Xirsh (h)-indeksiga ega profesor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar soni 2019 yilda 3 nafar bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yida 16 nafarni tashkil etdi.Universitet respublika OTMlari Milliy reytingi bo‘yicha 2017 yilda 42 o‘rinni, 2018 yilda 20 o‘rinni, 2019 yilda esa 15 o‘rinni egalladi hamda 2020 yilda respublika OTMlari orasida professor-o‘qituvchilar tomonidan Web of Science, Scopus tizimlaridagi ilmiy jurnallarda maqola chop ettirish bo‘yicha 13 o‘ringa sazovor bo‘ldi. Universitet tashkil etilgandan beri, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb muammolari bo‘yicha 20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar o‘tkazilgan.
Batafsil o'qishYopish
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga kirish uchun topshiriladigan hujjarlar ro'yxati:
Bakalavriat
*Pasport;
*Diplom yoki attestat;
*Agar qandaydir imtiyozlar (olimpiada, tanlovlar g'olibligi yoki harbiy imtiyozlar, nogironlik va shu kabilar) mavjud bo'lsa, buni tasdiqlovchi hujjat.
Magistratura:
*Pasport;
*Diplom;
*Agar qandaydir imtiyozlar (olimpiada, tanlovlar g'olibligi yoki harbiy imtiyozlar, nogironlik va shu kabilar) mavjud bo'lsa, buni tasdiqlovchi hujjat.
Institutga talabalarni qabul qilish tartibi :
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim institutlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Grantlar :
Institutda davlat grantlari mavjud. Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.
Institut stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Institut yotoqxonasi : Institutda yotoqxona mavjud.
Xalqaro aloqalari haqida:
Hozirgi kunda institut xorijiy mamlakatlarning 78ta nufuzli OTMlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalar o‘rnatgan, jumladan, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Indoneziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi davlatlarning qator nufuzli ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ayni vaqtda institutda Yevropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi doirasida 3 ta loyiha mavjud.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.