5ball
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Foto: Stark0777 · CC BY-SA 4.0

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

UniversitetToshkent shahri
Kontrakt to'lovi12,6 – 15,3mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni84
Eng past kontrakt bali56.7/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
Kiberxavfsizlik injiniringiKunduzgi · O‘zbekcha163.6139.4
IqtisodiyotKunduzgi · O‘zbekcha156.6139.5
Axborot xavfsizligiKunduzgi · O‘zbekcha153.5131.1
IqtisodiyotKunduzgi · Ruscha135.7134.4
Dasturiy injiniringKunduzgi · O‘zbekcha132.7107.3
LogistikaKunduzgi · O‘zbekcha131.5127.5
MenejmentKunduzgi · O‘zbekcha129.5127.5
Kompyuter injiniringiKunduzgi · O‘zbekcha126.1103.1
Axborot tizimlari va texnologiyalariKunduzgi · O‘zbekcha125.490.5
MenejmentKunduzgi · Ruscha122127.5
Amaliy matematikaKunduzgi · O‘zbekcha118.981.9
Sunʼiy intellektKunduzgi · O‘zbekcha11890.2
Biznesni boshqarishKunduzgi · O‘zbekcha117.3—
Biznesni boshqarishKunduzgi · Ruscha117.3—
MarketingKunduzgi · Ruscha111.8—

Universitet haqida

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) haqida:

1955-yil 28-iyun Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti o‘z faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa vazirining 487-son buyrug‘I bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N.B.Matskevitch. 2002 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti (TEAI) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) O`zbekiston Respublikasida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi texnika universiteti hisoblanadi. "Toshkent elektrotexnika aloqa instituti" Respublika Aloqa vazirligining tarmoq instituti hisoblanib, Markaziy Osiyo va Qozog`iston uchun elektraloqa va radioaloqa bo`yicha muhandislarni tayyorlagan. Bugun TATU - bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, ta'lim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog`i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo`yicha yuqori mavqega ega bo`lgan universitetdir. Keyingi yillarda universitetda yaxshi an'analar soni ko`payib bormoqda, bakalavriatura ta'limining yangi yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda, moddiy-texnik baza yaxshilanmoqda, yangi korpuslar qurilmoqda.

Batafsil o'qish

Universitet grantlari :

Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.

Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.

I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.

Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.

Xalqaro hamkorlik :

Yevropa va Osiyodagi yetakchi OTM lar bilan xalqaro hamkorlik o`rnatilmoqda. So`nggi yillarda TATU da Koreya Respublikasi va Hindiston bilan, NEC(Yaponiya) firmasi, CISCO(AQSh), HUAWEI (Xitoy), ACETECH (Buyuk Britaniya) zamonaviy o`quv markazlari ochilgan. Mazkur markazlar hozirgi kunda ham faoliyat yuritmoqda, universitetda o`qish jarayonida talabalar parallel ravishda bu markazlar zamonaviy texnikalari asosida o`z tayanch bilim(tayyorgarlik)larini boyitib bormoqdalar. Universitet eshiklari hamkorlik uchun doimo ochiq, talabalar, hamkasblar hamda do`stlarimizni ko`rishdan g`oyat baxtiyormiz.

Universitet tomonidan almashinuv dasturlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, quyidagi dasturlarni o'z ichiga oladi:

INHA talabalar almashuv dasturi

Yeungnam talaba almashuv dasturi

Hanyang MS/PhD grant dasturi

Soongsil talaba almashuv dastur

Jeju Universiteti Magistratura dastur

Shinhan Universiteti Magistratura dasturi

Seoul National University MS&PhD dasturi

University of Science and Technology Magistratura dasturi

Chongqing University of Posts and Telecommunications almashuv dastur

Ko'p beriladigan savollar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 15,3 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 84 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti: qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti: grant bor-mi?

Grant: ma'lumot yo'q. Grant ajratmalari haqidagi aniq ma'lumotni qabul kvotasi e'lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (81)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.