5ball
Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: TDAU 2025 · CC0

Toshkent davlat agrar universiteti

UniversitetToshkent shahri
Kontrakt to'lovi12,6 – 15,3mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni103
Eng past kontrakt bali56.7/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
IqtisodiyotKunduzgi · O‘zbekcha122.998
BiotexnologiyaKunduzgi · O‘zbekcha117.2106.7
Buxgalteriya hisobiKunduzgi · O‘zbekcha115.697.4
LogistikaKunduzgi · O‘zbekcha114.988.6
IqtisodiyotKunduzgi · Ruscha112.5110.1
Biznesni boshqarishKunduzgi · O‘zbekcha110.793.4
IqtisodiyotKechki · O‘zbekcha110.5—
BiotexnologiyaKechki · O‘zbekcha104—
Buxgalteriya hisobiKunduzgi · Ruscha103.6—
IqtisodiyotKechki · Ruscha97—
Veterinariya sanitariya ekspertizasiKunduzgi · O‘zbekcha94.772.7
Veterinariya meditsinasiKunduzgi · O‘zbekcha94.693.3
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasiKunduzgi · O‘zbekcha94.492.4
Biznesni boshqarishKechki · O‘zbekcha94.1—
LogistikaKechki · O‘zbekcha92.7—

Universitet haqida

Universitet haqida:

Toshkent davlat agrar universitetning shakllanishi Markaziy Osiyodagi ko‘plab boshqa oliy o‘quv yurtlari singari 1918-yilda mahalliy ziyolilar tashabbusi bilan tashkil qilingan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitet nomi bilan chambarchas bog‘liq. 20-yillarda uning tarkibidagi 8 ta fakultet ichida - qishloq xo‘jaligi fakulteti faoliyat yuritgan. 1930-yil 26-mayda ushbu fakultet negizida mustaqil holda O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi instituti tashkil qilingan va bir qancha o‘zgarishlardan so‘ng, 1934-yil oktyabridan Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti deb nomlandi. 1991-yil aprel oyida oliy o‘quv yurti Toshkent davlat agrar universiteti maqomini oldi. Bunday maqom o‘sha davrdagi MDH dagi 104 ta qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlaridan faqat 8 tasiga kadrlar tayyorlash, fanni rivojlantirish, ilmiy-pedagogik salohiyat, sifatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashdagi yutuqlari uchun berilgan edi.

Batafsil o'qish

Qabul qilish tartibi : Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida BMB agentligining namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Bakalavr:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

pasport;

diplom;

til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)

imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

pasport;

bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Magistratura:

- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.

Xorijiy fuqarolarni o'qishga qabul qilish talablari:

Xorijiy fuqarolar Toshkent davlat agrar universitetiga (TDAU) to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro, hukumatlararo va idoralararo shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, TDAU va xorijiy universitetlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan hollar ham bundan mustasno. Toshkent davlat agrar universitetining bakalavriat dasturlariga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinadi. Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari Toshkent davlat agrar universitetining magistratura dasturlariga qabul qilinadilar. TDAUda o‘qishni istagan chet el fuqarolari barcha hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetga topshirishlari shart. TDAUning bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qishni istagan chet el fuqarolari Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan tanlangan ta’lim yoki mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.

Hujjatlar ro‘yxati:

1. Shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma ya'ni pasportning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).

2. Diplom ilovasi yoki attestatsiya nusxasi

3. Sertifikat, diplomning skanerlangan versiyasi, o‘qilgan fanlar va ulardan olingan baholar (ballar)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda). Magistratura uchun bakalavr diplom, o‘qilgan fanlar va olingan baholari (ballari)ning skanerlangan nusxasi (PDF formatida, elektron shaklda).

4. Agar tavsiyanomaga ega bo‘lsa (PDF formatida, elektron shaklda).

5. Ariza (rektor nomiga o‘qishga qabul qilinish to‘grisida).

6. Elektron pochtaga barcha ma'lumotlar yuboriladi: Elektron pochta manzili....

-Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.

-Stipendiya: Toshkent davlat agrar universiteti talabalari respublikamizning boshqa ta’lim muassasalari qatorida barcha turdagi stipendiyalarni olishga haqlidirlar va buning uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Universitet yotoqxonasi :

Toshkent davlat agrar universiteti hududida 5 ta talabalar turar joylari, 1 kir yuvish binosi, 3 ta ovqatlanish kafelari, 1 ta Sport kompleksi, 1 ta Axborot resurs markazi va 1 ta Yoshlar markazi binosi ish faoliyat yuritib kelmoqda.

Xorijiy hamkorliklar: Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ularga asosan universitetning talabalari Germaniya, Rossiya singari davlatlarda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tab kelishmoqda.

2020-yilda AQSH, Rossiya va Belorussiyaning 4 ta OTMlari bilan hamkorlik shartnomalariga asosan 5 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etildi.

- WSB universiteti(Polsha)

- Vitautas Magnus Universiteti(Litva)

- Irkutsk davlat agrar universiteti(Rossiya)

- Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti(Latviya)

- Missisipi shtati universiteti. (AQSH)

Ko'p beriladigan savollar

Toshkent davlat agrar universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 15,3 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 103 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Toshkent davlat agrar universiteti: qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Toshkent davlat agrar universiteti: grant bor-mi?

Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (81)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.