Toshkent davlat pedagogika universiteti
Universitet haqida
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) to'g'risida:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berib kelishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bo‘lib, o‘z boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berib kelishmoqda. O‘quv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, o‘quv-sog‘lomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-o‘qituvchilar ixtiyorida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish tug‘risida"gi qaroriga muvofiq institutga Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy Oliy ta`lim muassasasi deb belgilandi. Bu esa universitet o‘qituvchilarining zimmasiga yanada ulkan ma`suliyat yukladi.
Batafsil o'qishYopish
Toshkent davlat pedagogika universitetiga (TDPU) qabul :
Bakalavr:
- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: passport, diplom yoki attestat.
- Kontrakt miqdori: Kontrakt narxlari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan e’lon qilingan standardlar asosida hisoblanadi.*
Magistratura:
- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati
- Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.
Universitet stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Universitet yotoqxonasi : Universitetda yotoqxona mavjud.
Xorijiy hamkorliklar: Toshkent davlat pedagogika universiteti 70 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassalari bilan shartnoma imzolagan. So'nggi yillarda Germaniya, Latviya, Ispaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Misr, Rossiya, Qozog'iston va Turkmaniston kabi etakchi Evropa va Osiyo universitetlari bilan hamkorlik o'rnatilgan.
Qo'shma fakultetlar:
Toshkent davlat pedagogika universiteti Belarus davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi "innovatsion pedagogika" O'zbekiston-Belarus qo'shma fakultetida mutaxassisliklar bo'yicha o'qishga taklif etadi:
Defektologiya (Nutq Terapiyasi);
Psixologiya (amaliy psixologiya)
Maktabgacha ta'lim.
Boshlang'ich ta'lim
Ko'p beriladigan savollar
Toshkent davlat pedagogika universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?
Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 15,3 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 65 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti: qanday topshirish kerak?
Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.
Toshkent davlat pedagogika universiteti: grant bor-mi?
Grant: ma'lumot yo'q. Grant ajratmalari haqidagi aniq ma'lumotni qabul kvotasi e'lonida kuzatib boring.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.