5ball

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari)

UniversitetToshkent shahri
Kontrakt to'lovi12,6 – 15,3mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni62
Eng past kontrakt bali92.6/ 189
Hujjat topshirish muddati25-iyun2026

Yo'nalishlar va o'tish ballari

Kontrakt asosida o'qishga kirgan abituriyentlarning eng past bali (189 ballik tizimda). Yuqori balldan pastga qarab.

Yo'nalishKontraktO'tgan yil
Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tiliKunduzgi · O‘zbekcha186.8181
Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tiliKunduzgi · O‘zbekcha182.4171.7
Xalqaro munosabatlarKunduzgi · O‘zbekcha181.3174.2
Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tiliKunduzgi · O‘zbekcha180.4173.3
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tiliKunduzgi · O‘zbekcha180.2172.9
Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tiliKunduzgi · O‘zbekcha178.6173.6
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tiliKunduzgi · O‘zbekcha176.2—
Filologiya va tillarni oʻqitish: turk tiliKunduzgi · O‘zbekcha176.1169.9
Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tiliKunduzgi · Ruscha173.8173.8
Filologiya va tillarni oʻqitish: fors tiliKunduzgi · O‘zbekcha173.6157.9
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarKunduzgi · O‘zbekcha172.5151.4
Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tiliKunduzgi · Ruscha171.4—
Filologiya va tillarni oʻqitish: malay tiliKunduzgi · O‘zbekcha169.8160
Filologiya va tillarni oʻqitish: indonez tiliKunduzgi · O‘zbekcha169.1157
Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tiliKunduzgi · Ruscha168.2165.5

Universitet haqida

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti haqida:

1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyo tarixida birinchi sharqshunoslik oliy o‘quv yurti sifatida qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi. 1990-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakulteti negizida universitetning Sharqshunoslik instituti tashkil qilindi. Oradan ko`p otmay, 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi. Yangi O`zbekiston rivojlanish va taraqqiyot strategiyalariga muvofiq ravishda oily ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi, shu jumladan, sharqshunoslik ilm va ta’limining yangi ufqlari belgilandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

Batafsil o'qish

Qabul qilish tartibi : Abituriyentlar oliygohga kirish imtihonlarida BMB agentligining namunaviy test savollari natijalari orqali saralanadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

Bakalavriat:

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

pasport;

diplom;

til bilishi sertifikati; (agar mavjud boʻlsa)

imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

toʻlov summasi

Joriy yil bitiruvchilari uchun:

pasport;

bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Magistratura:

- Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar: abituriyentning bakalavriat diplomi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati

Magistratura bosqichida xotin-qizlar uchun to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud.

Universitet stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.

I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Xalqaro hamkorlik:

Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) 100 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Misr, Turkiya, Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya, MDH mamlakatlarining bir qator nufuzli universitet va tashkilotlari.

TDSHU yotoqxonasi:

Universitetning talabalar turar joyida jami 290 ta talaba-yoshlar yashab kelmoqda. Shundan qiz talabalar 140 nafar va o’g’il bola talabalar 150 nafarni tashkil qiladi. TTJ da talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun sport zali, kutubxona doim faoliyat yuritadi.

Ko'p beriladigan savollar

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari): kontrakt to‘lovi qancha?

Kontrakt to‘lovi: 12,6 – 15,3 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 62 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari): qanday topshirish kerak?

Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari): grant bor-mi?

Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (81)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.