Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Universitet haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yil 22 - noyabr kuni 168654-raqamli litsenziya Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun berildi.
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, mustaqil fikrlaydigan malakali kadrlarni yetishtirib beruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
Batafsil o'qishYopish
Ta'lim shakli : O’zingiz uchun qulay ta’lim shaklini tanlang va o’qishingiz hamda ishingizni birgalikda olib boring yoki o’zingizni to’liq o’quv jarayonlariga jalb qiling.
Kunduzgi ta'lim: Kunduzgi ta’lim shaklida siz haftada 4-5 kun o’qiysiz: ma’ruza va seminarlarda qatnashasiz, test va imtihonlar topshirasiz. O’quv yili 2 semestrga bo’linadi. O’quv yili sentabrdan boshlanib iyungacha davom etadi.
Kechki talim: Kechki talim shaklida siz haftada 4-5 kun o’qiysiz: ma’ruza va seminarlarda qatnashasiz, test va imtihonlar topshirasiz. Darslar soat 17:00 dan keyin bo’ladi.
Qabul shartlari:
So'rov qoldiring-Mobil telefon raqamingizdan foydalangan holda qabul uchun saytda ariza qoldiring (Bizdan sms xabar qabul qilish va tizimda muvaffaqiyatli ro’yxatdan o’tishingiz uchun hisobingizda yetarlicha mablag’ bo’lishi kerak).
Hujjatlarni taqdim qiling-Tizimga kerakli hujjatlarni, shu jumladan, joriy ta’lim darajangiz to’g’risidagi hujjatlarni ham taqdim eting.
Imtihonlar-Universitetning ichki testlaridan o’ting.
Shartnoma (Kontrakt)-Javoblar e’lon qilinganidan so’ng, shartnomani rasmiylashtiring.
Yuqori sifatli zamonaviy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash orqali mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga har tomonlama hissa qo‘shish to‘g‘risida xulosa. Ilmiy va amaliy tadqiqotlarni boshqarish va ta'minlash, sifatli ta'lim xizmatlari. Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti talabalarga yuqori sifatli ta'lim xizmatlarini taklif etadi. Universitet mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim tashkiloti sifatida innovatsion yechimlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlarga salmoqli hissa qo‘shishga intiladi.
Grantlar : Toshkent ijtimoiy innovatsiya universitetining ichki imtihonlarida yuqori ball to'plagan kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun ajratiladi. Jami ajratilgan grantlar soni 20 ta
Talabalar yotoqxonalari : Mavjud
Stipendiya : Mavjud.
Ko'p beriladigan savollar
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti: kontrakt to‘lovi qancha?
Kontrakt to‘lovi: 15 – 21 mln so'm/yil (Toshkent shahri). Universitetda 23 ta yo‘nalish bor, aniq summa yo‘nalishga qarab o‘zgaradi.
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti: qanday topshirish kerak?
Qabul DTM (Milliy sertifikat) ballari asosida o‘tkaziladi. 5ball.uz saytidagi fan testlari va DTM simulyatsiya bo‘limlarida mashq qilish mumkin.
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti: grant bor-mi?
Grant ajratmalari haqidagi aniq ma’lumotni qabul kvotasi e’lonida kuzatib boring.
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.