Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti
Universitet haqida
🏢American University of Technology (AUT)
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan. Universitet o‘zining barcha akademik dasturlarini Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikda olib boradi. Bu esa O‘zbekistondagi talabalarga AQSH ta’lim standartlariga asoslangan, jahon darajasidagi ta’lim olish imkonini beradi.
Batafsil o'qishYopish
🏢Arizona State University (ASU)
Arizona State University dunyoning eng yaxshi universitetlarining eng yuqori 1% ligiga kiradi.
ASU 11 yil davomida ketma-ket AQSHdagi eng innovatsion universitet sifatida e’tirof etilgan (U.S. News & World Report, 2016–2026).
🎓ASU bilan hamkorlik dasturlari
ASU bilan strategik hamkorlik tufayli AUT talabalari ikkita diplom olish imkoniyatiga ega – biri AUT dan, ikkinchisi ASU dan.
Bu quyidagi yo‘nalishlar orqali amalga oshiriladi:
🎯3+1 va 4+1 dasturlari – bakalavriat yo‘nalishlari uchun
🎯1+1 dasturi – magistratura uchun
Mazkur hamkorlik AUT talabalariga:
✅yuqori akademik standartlarga kirish imkoniyati,
✅global mehnat bozorida kuchli ustunliklar beradi.
🌍ASU-Cintana Alliance
AUT – ASU-Cintana Alliance a’zosi sifatida dunyoning 30+ mamlakatidagi 35 dan ortiq yetakchi universitetlarni birlashtirgan global akademik tarmoq bilan bog‘langan. Bu tarmoqning markazida ASU turadi.
Bizning kampusimiz sizga yoqadi!
🏢 Toshkentning markazida joylashgan zamonaviy kampusda tahsil oling – ijodkorlik, innovatsiya va hamkorlikni rivojlantirish uchun maxsus yaratilgan muhit.
🎓 Ajoyib talabalar hayotidan bahramand bo‘ling – ijtimoiy tadbirlar va unutilmas tajribalar bilan!
Sertifikatim yo'q bo'lsachi?
– Ingliz tilidan sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar uchun AUT British Council tomonidan EnglishScore testini taklif qiladi.
– Agar abituriyent ta’lim tili ingliz tili bo‘lgan universitetni tamomlagan bo‘lsa, u holda ingliz tilini tasdiqlovchi sertifikat topshirishdan ozod etilishi mumkin (100% grant uchun ariza topshiruvchilar bundan mustasno).
Universitetga kirishga tayyorlaning
Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.
Shu hududdagi boshqa OTMlar
Barchasi (81)- “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiInstitut · 12,6 – 15,3 mln so'm/yil
- «ToshTech» texnika universitetiUniversitet
- AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)Universitet · 16 – 35 mln so'm/yil
- Alfraganus universitetiUniversitet
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiUniversitet · 12,6 – 13,3 mln so'm/yil
- Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiUniversitet · 17 – 21,9 mln so'm/yil
Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.