5ball

Yangi Asr Universiteti

UniversitetToshkent shahri
Kontrakt to'lovi14 – 23mln so'm/yil
Yo'nalishlar soni28
Hujjat topshirish muddati30-sentabr2026

Universitet haqida

Universitet haqida : Yangi Asr Universiteti

Yangi Asr Universiteti 2021-yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 279705-sonli litsenziyaga ega bo'lgan nodavlat oliy ta'lim muassasasidir. Universitetimiz yoshlar uchun zamonaviy va innovatsion ta'lim olish imkoniyatini taqdim etadi, bu esa talabalarga ilmiy, axloqiy va amaliy jihatlarini rivojlantirishda yordam beradi.

Batafsil o'qish

Universitetda mavjud ta'lim yo'nalishlari:

1. Bakalavriat:

Psixologiya

Pedagogika

Maxsus pedagogika:Logopediya

Maktabgacha ta'lim

Boshlang‘ich ta'lim

Dizayn: Interyerlarni loyihalash

Dizayn: Liboslar dizayni

Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha)

Filologiya va tillarni o‘qitish (arab, ingliz, o‘zbek, rus, xitoy tillari)

Iqtisodiyot

Buxgalteriya hisobi

Soliqlar va Soliqqa tortish

Moliya va Moliyaviy texnologiyalar

Dasturiy injiniring

Matematika

2. Magistratura:

Pedagogika nazariyasi va tarixi

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'limda)

Ta'limda axborot texnologiyalari

Tarix

Lingvistika (arab va ingliz tillari bo‘yicha)

Universitetning afzalliklari:

- Zamonaviy infratuzilma: Universitet zamonaviy o‘quv xonalari, laboratoriya xonalari, kutubxona va sport zallariga ega.

- Diplomning tan olinishi: Yangi Asr Universiteti diplomi davlat universitetlari diplomi bilan teng huquqiy kuchga ega va respublika bo‘ylab tan olinadi.

- O'qish shakllari: Kunduzgi va kechki shakllarida o'qish imkoniyati mavjud.

Manzil: Universitetimiz Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan bo‘lib, barcha qulayliklarga ega.

Qabul kvotasi: Yangi asr universitetining 2024-2025-o’quv yili uchun kvotasi 2500 ta etib belgilangan!

Yangi Asr Universiteti — bu ta’lim, tajriba va tarbiya maskani bo‘lib, talabalarning kelajagini yaratishga ko‘mak beradi.

Universitetga kirishga tayyorlaning

Fanlar bo'yicha bepul testlar yeching, DTM ballingizni hisoblang va balingizga mos yo'nalishlarni toping.

Shu hududdagi boshqa OTMlar

Barchasi (81)

Manba: ochiq qabul-agregatori, 2026-09-08 holati. Rasmiy ma'lumot uchun universitet saytiga murojaat qiling.